MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING QO’Y BOQISHI
Milodiy 590 yil. Muhammad alayhissalom 20 yoshda.
Bu paytlarda Rasululloh amakisi Abu Tolibning qo‘y-qo‘zilarini Jiyod tog‘i orqasida o‘tlatib
yurardi.
“Sahihi Buxoriy”da kelgan rivoyatga ko‘ra, bir kuni Rasululloh sahobalariga: “Hech bir
nabiy yo‘qki, poda boqmagan bo‘lsin”, – deya marhamat qiladilar.
Sahobalar: “Yo Rasululloh, siz ham poda boqqanmisiz? – deb so‘rashganda”: “Ha,
qo‘ylarni toqqa olib chiqib o‘tlatardim”, deb javob berdilar.
Bir frantsuz tarixchisi bu haqda yanglish bayon qilib, Abu Tolib Muhammadni haqir
ko‘rganligidan qo‘ylarini boqtirar edi, deb yozadi. Holbuki, o‘sha davrning udumiga ko‘ra
butun quraysh aslzodalarining farzandlari o‘z qo‘ylarini boqishar edi.
“Taboqat” asarida yozilishicha, Rasululloh bir kuni sahobalari bilan qirda kezar edilar.
Sahobalardan biri u yerdan bir qora tut topib Rasulullohga keltirdi. Rasululloh tutlarni
og‘ziga solar ekan:
– Bu tut qanchalik qoraysa, shunchalik shirin bo‘ladi, men buni qo‘y boqib yurgan
kezlarimdan bilaman, dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |