Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi № Xo’jalik operatsiyasining mazmuni Summa, so’m Jamg’arish usuli bilan Bevosita kiritish usuli bilan 1 Oldindan to’lov aks ettirildi
(50%x4000x795)
1590000 5110 6310 5110 6310
2 Mahsulot sotishi aks ettirildi (3000x70)
3200000
3190
6310
9620
6310
3 Yuklangan maxsulotga QQS hisoblab
yozildi (3000x700x20/120)
533333 3190 6310 9620 6310
4 Olingan bo’nak hisobga kiritildi
1590000
6310
4010
6310
4010
3 Oy oxiriga saldo (320000-
1590000=1610000/2000=805)
Oy oxirida qarz qoldig’i MB kursiga mos kelganligi
tufayli qayta baholash o’tkazilmaydi
5 To’lov olingani aks ettirildi (2000x810)
1620000
5210
4010
5210
4010
6 Kurs farqini moliyaviy natijalarga
hisobdan chiqarish aks ettiriladi:
- jamg’arish usuli bilan
(2000x(810-805))
- bevosita kiritish usuli bilan
10000 6230
9540 4010 9540
4010 - «Xaridor va buyurtmachilardan olishga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’i bilan
korrespondentsiyada aks ettirilishi yoki bevosita kiritish usuli bo’yicha 9540- «Valyuta
kursi farqlaridan daromadlar» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
Xaridorlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha oy oxiridagi qarz qoldig’i MB kursi bilan mos
kelganligi tufayli mazkur misolda qarzni qayta baholash amalga oshirilmaydi.
Xorijiy xaridordan yuklangan tovarlar uchun to’lov jamg’arish usuli bo’yicha kelib
tushganda 4010- schyot ular hisobga kiritilgan sanadagi kurs bo’yicha pul mablag’lari
hisobga olinadigan schyot bilan kreditlanadi- 3240000 so’m (4000x810). Mazkur sanadagi
qarz 10000 so’m (20000x(810-805)) qo’shimcha hisoblangan holda 6230- schyot bilan
23
korrespondentsiyada 4010- schyot debeti bo’yicha qayta baholanadi. Jamg’arilgan va
valyutadagi debitorlik qarzlarini har oyda qayta baholash natijasida yuzaga keladigan
kursdagi musbat farqlar ularning so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga
kiritiladi hamda 6230- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kelib tushgan sanadagi O’zR MB kursi bo’yicha aks
ettiriladi, kurs farqi esa 9540- schyot kreditiga hisobdan chiqariladi.
Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va
byudjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil
13 martda 1109-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) 10 «l»-bandiga muvofiq valyuta
schyotlari bo’yicha kursdagi musbat farq foyda solig’ini hisob-kitob qilish chog’ida soliq
solinadigan bazaga kiritiladi.
Misol.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt respublika hududidan ro’yxatdan o’tgan va faoliyat
yuritayotgan xorijiy kompaniyaga marketing xizmatlarini ko’rsatdi. Haq evaziga xizmat
ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ishlar qiymati QQSni hisobga olgan holda 3000 AQSh
dolllarini tashkil qildi. Buyurtmachi tomonidan o’tgan oyda yuz foizlik oldindan to’lov
AQSh dollarida amalga oshirilgan. Dollar kursi quyidagini tashkil qilgan:
•
pul kelib tushgan paytda - 620 so’m;
•
oy oxirida - 625 so’m;
•
bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash paytida-630 so’m.
Jamg’arish usuli bo’yicha 15000 so’m (3000x(625-620)) miqdorida kursdagi manfiy
farq 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» hisob varag’i bilan
korrespondentsiyada 3190 «Boshqa oldindan to’langan to’lovlar» hisob varag’i debetiga,
bevosita kiritish usuli bo’yicha esa 9620-«Valyuta kursi farqlaridan zararlar» hisob varag’i
debetiga kiritiladi. Xorijiy sherikka hisobot oyi oxiridagi kreditorlik qarzi 1860000 so’mni
(1845000+15000) tashkil qiladi.
Jamg’arish usuli bo’yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolash chog’ida 1890000
so’mlik (1860000+3000)*(630-625) summadagi qarz qayta baholanishi va hisobda aks
ettirilishi lozim. 3190- Hisobvaraqda jamlangan kursdagi manfiy farqlar kreditorlik qarzi
so’ndirilishiga qarab moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi hamda 3190-schyot
kreditidan 9620-schyot debetiga hisobdan chiqariladi.
Bevosita kiritish usuli bo’yicha kurs farqi 9620- schyot debetida 4010 schyot bilan
korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Xorijiy valyutaga oid operatsiyalar bo’yicha kursdagi manfiy farq foyda solig’ini
hisob-kitob qilish chog’ida soliq solinadigan bazani kamaytiradi (Xarajatlar to’g’risidagi
Nizomning 3.3 - bandi).