Xarid bahosi Balans qiymati
"A" kompaniyasining aktsiyalari 100 ming so’m 150 ming so’m
"B" kompaniyasining aktsiyalari 150 ming so’m 180 ming so’m
Jami:
250 ming so’m 330 ming so’m
Uzoq muddatli investitsiyalarni har bir investitsiya turi bo’yicha qayta baholash
qiymati asosida hisobga oladi. Avval amalga oshirilgan qayta baholash (ko’payish)
summasi 90 ming so’m miqdorida "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha to’zatishlar"
hisobvarag’ida aks ettirilgan. Uzoq muddatli investitsiyalar qisqa muddatli investitsiyalar
toifasiga o’tkazilishi chog’ida ular baholanadi va qisqa muddatli qo’yilmalarning balans
qiymati bo’lib hisoblanadilar.
A aktsiyalari - 100 ming so’m
B aktsiyalari - 150 ming so’m
Jami - 250 ming so’m
80 ming so’m xisobot davriga oid daromad sifatida tan olinadi.
B) agar qisqa muddatli investitsiyalar joriy qiymat bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa,
balans qiymati bo’yicha ushbu qo’yilmalarga oid avval o’tkazilgan qayta baholash summasi
daromad sifatida tan olinadi.
Agar sub’ekt qisqa muddatli investitsiyalarni sotish uchun xarid qilgan, so’ng esa
ularni uzoq muddatlilar sifatida hisobga olishga qaror qilgan bo’lsa, bu holda u qisqa
muddatli investitsiyalarni quyidagilar bo’yicha uzoq muddatlilar toifasiga o’tkazilishini
amalga oshirish mumkin:
1. xarid va joriy qiymatlar yuzasidan eng kam baholash asosida mavjud farq xarajat sifatida
tan olinadi;
2. agar ular ushbu qiymat bo’yicha avval aks ettirilgan bo’lsalar, joriy qiymat asosida uzoq
muddatlilar toifasiga o’tkazilishi mumkin.
Respublikamiz xalq xo’jaligida 21-buxgalteriya hisobining milliy andozasiga asoslanib
yaratilgan yangi schyotlar rejasi 2002 yil 1 yanvardan boshlab chet el investitsiyasi
kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarda hamda auditorlik firmalarida kullanila
boshlandi. 2003 yilning 1 yanvaridan boshlab byudjet tashkilotlari va banklardan tashqari
mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarda ushbu
yangi schyotlar rejasi amaliyotda qo’llanilishi nazarda to’tilgan.
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunning 11-moddasiga binoan xo’jalik yurtuvchi
sub’ekt buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligini
tasdiqlash uchun vaqti-vaqti bilan aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilib turishi
kerak.
148
Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga xo’jalik yurituvchi sub’ekt mablag’lari va
ularning manbalarini haqikiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura
shaklida sanash, ya’ni koldiklarini hisoblash yoki hisob yozuvlarini tekshirish yuli bilan
haqikiy qilingan xarajatlarni belgilash.
Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo’lib, uning yordamida joriy
hisob ma’lumotlarining to’g’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi,
hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar
javobgarligi ostida bo’lgan mablag’larning butligi nazorat qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot va muassasalar qimmatli qog’ozlarni
inventarizatsiya o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 833-sonli
buyrug’i bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 19-sonli BHMA "Inventarizatsiyani tashkil etish va
o’tkazish"ga to’liq amal qiladilar.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek
Davlat korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida;
2. Moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin
inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasno;
3. Asosiy vositalar va tovar-moddiy zahiralarni qayta baholashda;
4. Moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;
5. Talon-taroj qilish yoki suiste’mol qilish, shuningdek, boyliklarning buzilishi bilan
bog’liq faktlar aniqlanganida;
6. Yongin yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganida;
7. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa
hollarda. Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab
o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan
inventarizatsiyalarga bo’linishi mumkin. Inventarizatsiyani o’tkazish uchun xo’jalik
yurituvchi sub’ektda doimiy inventarizatsiya komissiyasi faoliyat yuritadi. Doimiy
inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi;
8. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki uning yordamchisi;
9. Bosh buxgalter;
10. Boshqa mutaxassislar (muhandis, iqtisodchi va boshqalar);
11. Ichki audit vakili.
Doimiy harakatdagi komissiya asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
a. Qiymatliklar butligini ta’minlash bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi;
b. Inventarizatsiya o’tkazishni tashkil etadi, ishchi inventarizatsiya komissiyasi
a’zolariga tegishli maslahat va ko’rsatmalar beradi;
149
c. Inventarizatsiya natijalarining to’g’riligini tekshiradi;
d. Inventarizatsiya o’tkazish tartibi bo’zilganida qaytadan inventarizatsiya o’tkazishga
buyruq beradi;
e. Kamomad va nobudgarchilik hollari bo’yicha moddiy-javobgar shaxslardan olingan
tushuntirish xatlarini ko’rib chiqadi va tegishli choralar ko’rish bo’yicha takliflar beradi.
Agar ish hajmi ko’p bo’lsa, mulklar va moliyaviy majburiyatlar inventarizatsiyasini bir
vaqtning o’zida o’tkazish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan
quyidagi tarkibda ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:
•
inventarizatsiya o’tkazishni tayinlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektning vakili (komissiya
raisi);
•
mutaxassislar (tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi,
buxgalter va boshqalar).
Ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
•
moddiy boyliklar va pul mablag’larini saqlash va ishlatish joylarida inventarizatsiya
o’tkazadi;
•
xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birga inventarizatsiya natijasini aniqlashda
qatnashadi va kamomadni ortiqchasi bilan qoplash, shuningdek tabiiy kamayish normasi
doirasidagi kamomadni hisobdan chiqarish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
•
tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va jo’natish.
Ularning butligi hisobi va nazoratini yaxshilash, shuningdek normadan ortiq va
foydalanilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish to’g’risida takliflar kiritadi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklarning buxgalteriya ma’lumotlari bilan
mavjud haqiqiysi orasidagi farqi quyidagicha tartibga solinadi.
Aybdor shaxslardan qiymatliklarning ortiqcha chiqqanlik sabablari xususidagi
tushuntirish xatlari olinadi:
•
qiymatliklarning qonunchilik bilan belgilangan norma doirasidagi kamomadi xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga yoki
moliyalashtirish (fondlar)ni kamaytirishga o’tkaziladi;
•
qimmatli qogozlar kamomadining aybdori aniqlanganida kamomad summasi aybdor
shaxslardan undirib olinadi. Agar aybdor shaxslar aniqlanmasa yoki aybdor shaxslardan
undirib olish sud orqali rad etilgan bo’lsa, kamomad va nobudgarchiliklardan ko’rilgan
zararlar ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga yoki moliyalashtirish (fondlar)ni
150
kamaytirishga o’tkaziladi. Bunday zararlar kelgusida soliqka tortiladigan bazaga
qo’shiladi.
Investitsiyalar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qimmatbaho qog’ozlarni sotib
olish uchun qilingan xarajatlar hisoblanadi, ya’ni qo’shma sho’’ba xo’jalik yurituvchi
sub’ektlari, aktsionerlik kapitallari va kooperativ xo’jaliklarga moliyaviy, asosiy, nomoddiy
va boshqa aktivlarni qo’yish, shuningdek, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
tashkilotlarga taqdim qilingan zayomlar ko’rinishidagi debitorlik qarzlari hisoblanadi.
Hozirgi paytda Davlat korxonalari bilan bir qatorda xususiy, oilaviy, kooperativ
(shirkat), kichik va ijara xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, jamoat va boshqa turdagi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar paydo bo’lishiga ruxsat etilgan. Shu munosabat bilan hamda xo’jalik
yuritishning bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar,
tashkilotlar va shaxslar o’rtasidagi hisob-kitob muomalalarida har xil qimmatli qog’ozlardan
foydalanish tobora kengayib boradi.
Investitsiyalar bo’lingan muddatini hisobga olgan holda qisqa muddatli (bir yilgacha
muddatga qo’yilgan qo’yilmalar) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga)
qo’yilmalarga bo’linadi. Bundan tashqari, investitsiyalarni u yoki bu kotegoriyaga olib
borish, qimmatli qog’ozlarni safarbar qilish maqsadlariga bog’liq bo’ladi. Masalan, qayta
sotish va yil davomida ulardan daromad olish maqsadida qo’lga kiritilgan, muddati bir
yildan ortiq bo’lgan aktsiya va obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga tegishli bo’ladi.
Investitsiyalarni amalga oshirilganligi haqida dalolat beruvchi hujjatlar, olingan
aktsiyalar, har xil sertifikatlar, obligatsiyalar, qilingan investitsiyalar summalariga
guvohnomalar, zayomlarni berish uchun shartnomalar kiradi.
Investitsiya qilingan summalarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huquqlarini
tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan investitsiyalar mablag’lari umumlashtirilgan holda hisobga
olinadi. Qimmatli qog’ozlarni sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — bu oldi-sotdi aktlari,
to’lov topshiriqnomalari, qaysiki obligatsiyalarni to’lanishini va berilgan zayomlarni
qaytarilishini tasdiqlaydilar.
Buxgalteriya hisobida investitsiyalarni yuritish, qimmatbaho qog’ozlarni sotish va
olish, ularni hisobini ikki xil tarzda yuritiladi:
f. qisqa muddatli investitsiyalar (bir yilgacha muddatda);
g. uzoq muddatli investitsiyalar (bir yildan oshiq muddatga).
5800 - "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bir
yildan ortiq bo’lmagan muddatga, ya’ni qisqa muddatga boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning qimmatli qog’ozlariga, davlat va mahalliy zayomlarning foizli
obligatsiyalariga hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan barcha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga berilgan zayomlarga qilingan qo’yilmalari(investitsiyalari) va ularning
151
harakatini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Bunda foizli obligatsiyalar va shu kabi
qimmatli qog’ozlar hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan zayomlarga
qo’yilmalar "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyotida hisobga olinishi uchun ularni uzish
muddati bir yildan ortiqbo’lmasligi shart qilib qo’yilgan. Uzish (koplash) muddati
belgilanmagan boshqa qimmatli qog’ozlar "Qisqa muddatli investitsiyalar" schyotida
hisobga olinishi uchun bu qo’yilmalardan daromadning olinishi bir yildan ortiq muddatga
mo’ljallanmagan bo’lishi shart.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob ikki
xil xususiyatini e’tiborga olgan holda olib boriladi:
h. qisqa muddatli investitsiyalarning turlari bo’yicha;
i. qo’yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar bo’yicha (qimmatbaho qog’ozlarni sotuvchi
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, va xokazolar).
Analitik hisobning tuzilishi qisqa muddatli qo’yilmalarning mamlakat hududidagi va
xorijdagi ob’ektlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishini ham ta’minlash kerak.
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitaliga investitsiyalar qilinganda hamda
qimmatli qog’ozlar sotib olinganda pul mablag’lari schyoti debetlanadi.
Aktsiyalar bo’yicha olingan daromadlar summalari, obligatsiyalar bo’yicha foizlar,
hisob-kitob schyotida 9710 "Favqulodda foyda(zarar)"larning schyotlari bilan
korrespondentsiyalangan holda hisobga olinadi. Bunda quyidagi provodka beriladi:
Debet - 5110, Kredit - 9710.
Misol.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining filialiga 100000 so’m miqdorida foizsiz zayom
taqdim etdi. Bunda quyidagi provodka beriladi:
Debet – 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 100000.
Kredit – 5110 "Hisob-kitob schyoti" — 100000 so’m.
Zayomni qaytarilgan holatda buxgalteriya provodkasining aksi beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivida mavjud bo’lgan aktsionerlik jamiyatlaridan sotib
olingan aktsiya yoki obligatsiyalar turli xil sabablar bilan sotilishi mumkin:
•
aktsiya ko’zlangan daromadni keltirilmaganda;
•
aktsiya yoki obligatsiyalar uzoq davr mobaynida daromad olish uchun emas, balki ushbu
qimmatli qog’ozlarni kelgusida sotish natijasida daromad olish uchun sotib olingan bo’lsa.
Misol.
1. Brokerlik kontorasi fond birjasida kelgusida sotish maqsadida aktsionerlik
jamiyatining aktsiyalarini 200000 so’mga 20 dona sotib oldi:
Debet - 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 200000. Kredit- 5110 "Hisob-kitob
schyoti" — 200000so’m.
152
2. Brokerlik kontorasi oldin sotib olgan 20ta aktsiyasini sotish bahosida 250000 so’mga
sotdi:
Debet - 5110 "Hisob-kitob schyoti" — 250000so’m;
Kredit - 9210 "Asosiy vositalar tugatilishi" — 250000so’m.
3. Sotib olingan aktsiyalarning balans narxi hisobdan chiqarildi — 200000 so’m:
Debet - 9220 "Boshqa aktivlarni tugatilishi" — 200000so’m. Kredit - 5810 "Qisqa
muddatli investitsiyalar" — 200000.
4. Amalga oshirilgan muomalaning moliyaviy natijasi:
250000 – 200000 = 50000 so’mga quyidagi provodka beriladi:
Debet - 9220 "Boshqa aktivlarni tugatilishi" — 50000 so’m;
Kredit - 9710 "Favqulodda foyda (zarar)lar schyoti" — 50000 so’m.
Obligatsiyalarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar summasi o’rtasidagi va ularni
aylanish davri mobaynidagi nominal qiymatidagi farqi bir xilda(har oyda) xo’jalik faoliyati
natijalariga olib boriladi. Bunda ikki xil variant bo’lishi mumkin: obligatsiya nominal
qiymatidan kattaroqqiymatga sotib olindi.
Bu holatda amaldagi qiymatlar o’rtasidagi farqni bir qismini har oyda zararga o’tkazish
yo’li bilan nominalga etkaziladi.
•
obligatsiya nominaldan kamroq bo’lgan qiymatga sotib olingan bo’lsa, ya’ni chegirma
asosida. Bu xildagi variantda, sotib olish qiymati, o’zish vaqti kelguncha, har oydagi
farqlarning bir qismini xo’jalik yurituvchi sub’ekt foydasiga hisoblash yo’li bilan
nominalga etkaziladi. Qisqa muddatli obligatsiyalar va boshqa shu turdagi qimmatli
qog’ozlar uchun amalda pul mablag’larini olgunga qadar foydaga foizlarni hisobga
kiritishga yo’l qo’yish mumkin. Misol.
•
xo’jalik yurituvchi sub’ekt 5ta obligatsiyani 250000 so’mga sotib oldi, ularni nominal
qiymati — 230000 so’m. Obligatsiyaning o’zish muddati 10 oy.
Amaldagi va nominal qiymatlar o’rtasidagi farq 20000 so’mni tashkil kiladi. Ushbu
farq 10 y ichida qoplanishi kerak.
Har oyda uchirish summasi 2000 so’mni (20000 : 10) tashkil qiladi. har oyda bu
summaga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 9710 "Favkulotda foyda (zarar)lar schyoti" — 2000 so’m. Kredit 5800 "Qiska
muddatli investitsiyalar schyoti" - 2000 Bu yo’l bilan, o’zish muddati etib kelganda
amaldagi qiymat nominalga etadi.
Nominal qiymati 250000 so’m bo’lgan 5 ta obligatsiya 230000 so’mga sotib olindi.
Muddati o’zish (qoplash) vaqti 10 oy. Bu holda har oyda farq summasiga quyidagi farq
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet 5810 "Qisqa muddatli investitsiyalar" — 2000so’m.
153
Kredit 9710 "Favkulotda foyda (zarar)lar schyoti" — 2000so’m.
5810 - "Qimmatli qog’ozlar" schyotida aktsiyalarga, davlatning foizli aktsiyalariga va
mahalliy qarzlarga, shuningdek boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan qisqa muddatli
investitsiyalarnng holati va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar 5810 - "Qimmatli qog’ozlar" schyotiga sotib
olish qiymatida kirim qilinadi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan ko’rilgan moliyaviy natijalar 9590 - "Boshqa
moliyaviy faoliyatlardan olingan daromadlar" schyotining kreditida yoki 9690 - "Boshqa
moliyaviy faoliyatlar bo’yicha xarajatlar" schyotining debetida aks ettirladi.
5830 - "Berilgan qisqa muddatli qarzlar" schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektnning
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlrga qisqa muddatga bergan pul mablag’lari yoki boshqa
qarzlarning holati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 - "Berilgan qisqa muddatli qarzlar" schyotining debeti va pul
mablag’lari schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablag’lari
schyotlarining debetida va 5830 schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.
5890 - "Boshqa joriy investitsiyalar" schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektning bank va
boshqa omonatlarga so’mda va xorijiy valyutadagi qo’yilmalarning harakati hisobga
olinadi.
Omonatlarga pul mablag’larining o’tkazilishi 5890 schyotining debetida va tegishli pul
mablag’lari schyotining kredita bo’yicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |