•
hisob siyosatiga muvofiq, xisoblab chiqariladigan daromad (foyda) solig’i summasi
(9810-hisobvaraq).
To’lanadigan daromad (foyda) solig’i - soliq to’g’risidagi qonunlarga binoan hisoblab
chiqariladigan daromad (foyda) solig’i summasi (6410-hisobvaraq).
Keyinga koldirilgan soliq majburiyati- soliq solinadigan vaqt farqlariga nisbatan
kelgusi davrlarda to’lanadigan daromad (foyda) solig’i summasi (6250, 7250-
hisobvaraqlar).
Keyinga koldirilgan soliq talabi - chegiriladigan vaqt
farqlariga nisbatan kelgusi
davrlarda koplanadigan daromad (foyda) solig’i summasi (0950, 3210-hisobvaraqlar).
Kelgusi davrlarda keyinga koldirilgan soliq talabining hisobi ushbu davrlarda soliq
solinadigan daromadning kamayishida ifodalanadi. Keyinga koldirilgan soliq majburiyati
kelgusida soliq solinadigan daromadni ko’paytiradi.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliq solinadigan daromadi hisobot davrida
850 ming so’mni, 3210 -"Vaqt farqlari bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda)
solig’i hisobvarag’i bo’yicha saldo 80 ming so’mni tashkil egadi. Buning ma’nosi shuki,
o’tgan hisobot davrlarida soliq solinadigan daromad balans foydasidan katta bo’lgan,
xo’jalik yurituvchi sub’ekt esa byudjetga hisob siyosatiga ko’ra hisoblab yozilganidan 80
ming so’m ko’p summani to’lagan.
Muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i summasi bo’lmasa, aytaylik, vaqt
farqlari bo’yicha 3210-hisobvaraqda byudjetga 850 000 x 20% = 170000 so’m to’lanishi
kerak edi. Biroq 3210-hisobvaraq bo’yicha saldo bu summani kamaytiradi va xo’jalik
yurituvchi sub’ekt byudjetga 80000 so’mni kam to’laydi:
Dt 6410 "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha byudjetdan qarz" 80 000
Kt 3210 "Vaqt farqlari bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i" 80
000.
Demak, xo’jalik yurituvchi sub’ekt unga nisbatan chegirmalar amalga oshirilishi
mumkin bo’lgan, etarlicha soliq, solinadigan daromadni ishlab topgan takdirdagina xo’jalik
yurituvchi sub’ekt soliq, to’lovlarini qisqartirish shaklida iktisodiy foyda oladi.
Shuning
uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt unga nisbatan chegiriladigan vaqt farqlari ishlatilishi
mumkin bo’lgan soliq solinadigan daromad olishi extimoli mavjud bo’lganda keyinga
koldirilgan soliq, talabini tan olishdan ma’no bor.
Biroq, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt etarlicha soliq solinadigan daromadni ishlab
topmasa, me’yoriy hujjatlardan u chegiriladigan vaqt farqlarini keyingi davrlarga o’tkaza
olishi mumkinligi ravshan emas. Agar o’tkaza olsa, oldindagi kancha davrlarga o’tkazishi
anik, emas.
187
Bundan shunday xulosa kelib chikadiki, ayniksa chegirilayotgan vaqt farqlarini keyingi
davrlarga o’tkazish imkoniyatlari chegaralangan bo’lsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
soliqlarni rejalashtirishning turli variantlaridan foydalanishlari kerak.
Qaralayotgan holatda soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari - xo’jalik
yurituvchi
sub’ekt avvalgi davrlardan o’tkazilgan vaqt, farqlarini chegirish
uchun tegishli davrda soliq
solinadigan daromadni yaratish yoki kupaytirish uchun amalga oshirishi mumkin bo’lgan
harakatlardir.
Soliq solinadigan daromad keltiradigan biror-bir boshqa investitsiya olish uchun soliq
solinmaydigan daromad (masalan, davlat qimmatli qog’ozlaridan daromad) keltiradigan
aktivni sotish bilan ham yaratilishi mumkin.
Yana bir marta ta’kidlash zarurki, 21-son BHMS vaqt farqlarini aks ettirish qismida
soliq qonunchiligi bilan bog’lanmagan, zero unda vaqt farqlarining soliq hisobi tushunchasi
mavjud emas. Shu sababli 21-son BXMS mazkur qismida xozirda buxgalteriya hisobi
amaliyotida foydalanilishi mumkin emas. Yaqin orada bunga imkon yaratiladi deb umid
kilamiz.
9820
- hisobvaraq, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar foydasidan to’lanadigan boshqa
soliqlarni hisoblab yozishlarni aks ettirish uchun ishlatiladi. Masalan, infratuzilmani
rivojlantirish solig’i quyidagicha hisoblab yoziladi:
Dt 9820 "Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar"
Kt 6410 "Byudjetdan to’lovlar bo’yicha qarz".
9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" hisobvarag’i hisobot yilida xo’jalik yurituvchi
sub’ekt faoliyatining Yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirish to’g’risidagi axborotni
umumlashtirish uchun muljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) faoliyat
ushbu turlari bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirilgan asosiy faoliyat bo’yicha
daromadlar, moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va favqulodda daromadlarning
moliyaviy natijasidan jamlanadi. 9910-hisobvaraq debeti bo’yicha xo’jalik yurituvchi
sub’ekt zararlari (xarajatlari), krediti bo’yicha esa - foydasi (daromadlari) aks ettiriladi.
Hisobot davri uchun debet va kredit aylanmalarini kiyoslash hisobot davrining Yakuniy
moliyaviy natijasini ko’rsatadi. Har bir hisobot davrining oxirida 9910-"Yakuniy moliyaviy
natija"hisobvarag’ining debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari kushiladi va hisobot davri
uchun umumiy balans foydasi (yoki zarari)ni tavsiflaydigan, ushbu hisobvaraq bo’yicha
umumiy saldo hisoblanadi.
Hisobot yili tugagach, yillik buxgalteriya hisobotini tuzish chog’ida 9910 - "Yakuniy
moliyaviy natija" hisobvarag’i yopiladi. Hisobot yilining sof foydasi (zarari) 9910 -
hisobvaraqdan 8710 - "Hisobot yilining taksimlanmagan foydasi (zarari) "hisobvarag’ining
debetiga (zarar) yoki kreditiga (sof foyda) o’tkaziladi.
Foyda olinganda:
188
Dt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija"
Kt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarar)"
Zarar kilganda:
Dt 8710 "Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)"
Kt 9910 "Yakuniy moliyaviy natija".
Do'stlaringiz bilan baham: