Microsoft Word Moliyaviy hisob



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

Ulushli kapitali – xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun shirkat a’zolari tomonidan 
kiritilgan ulushlar jamidir. 
Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun 
xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil etish chog’ida uning mulkiga muassislar (a’zolar) 
qo’shgan ulushlarining jamini (nominal qiymati bo’yicha hissalari, aktsiyalar) pul birligida 
ifodalashdir. 
Shunday qilib, tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali uning 
muassislari tomonidan qo’shilgan mablag’laridan to’planib boradi. U bir vaqtning o’zida 
muassislarning jamoaviy mulki hamda yuridik shaxs bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning mulki hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda ustav kapitali bir tomondan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z mablag’lari fondi, boshqa tomondan esa har bir 
muassisning mulki sifatida namoyon bo’ladi. 
Ustav kapitalini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va 
tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Ustavni ro’yxatga o’tkazish paytida e’lon qilingan ustav kapitalining butun miqdori 
quyidagi provodka orqali ifodalanadi: 
4610 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdorlar qarzlari" hisobvarag’i debeti. 
 
162


8310 (8312, 8313) – "Ustav kapitali" hisobvarag’i krediti. 
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulkdorlar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin bir yil mobaynida o’z ulushlarini to’liq 
qo’shishlari shart. 
Xo’jalik faoliyatining 3 ta asosiy tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: yakka egalik, 
xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari aktsiyadorlik jamiyati (korporatsiya). 
Yakka egalikdagi ustavni ro’yxatga o’tkazish chog’ida ro’yxatga olingan ustav kapitali 
(UK) hajmi yozuvida kayd etiladi: 
4610 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdorlarning qarzi" hisobvarag’i debeti. 
8510 – "Ustav kapitali" hisobvarag’i krediti. 
Bunda 8330 – hisobvaraqda xo’jalik yurituvchi sub’ekt yagona mulkdor ulushining 
miqdori aks ettiriladi. Xususiy korxona amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra o’z ustavini ustav 
kapitali miqdorini ma’lum qilmasdan ham ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega. 
Ustav kapitaliga ulushlarning kelib tushishi ustav kapitali hisob varag’iga ta’sir 
ko’rsatmaydi, balki muassis qarzini so’ndiradi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustav 
kapitaliga badallar daromad hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi. 
Muassis ustav kapitaliga turli aktivlarni kiritish mumkin, biroq ularning turlari, albatta, 
korxona ustavida aks ettirilishi shart. Masalan, agar korxonaning ustav kapitali faqatgina pul 
mablag’lari hisobiga to’ldiriladi deb ustavda yozilgan bo’lsa, u holda muassis ustav 
kapitaliga asosiy vositalarni kirita olmaydi. Bu hol ustav koidasining buzilishi sifatida 
tavsiflanadi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish