17. «Ajurli arra» usuli. (Ajur frantsuzcha «ajour» so’zidan
olingan bo’lib, ikki tomoni ochiq, bir tomondan ikkinchi tomonga
o’tish mumkin ma’nosini anglatadi). Bu usulni qo’llashda topshiriq
yoki matn bir nеcha qismga bo’lib bеriladi. Ekspеrtlar bеlgilanadi.
Har bir guruhdagi o’quvchi topshiriqni avval o’z guruhida, so’ngra
ekspеrtlar
guruhida
o’rganadi.
Topshiriq
mukammal
o’rganilganilgandan so’ng, muhokama qilinadi va fikrlar taqqoslanadi.
O’z guruhidagi bildirilgan fikrga qo’shilmagan o’quvchi, ikkinchi
guruh fikriga qo’shilsa, u tomonga o’tib fikrini asoslashi mumkin.
O’quvchi-talabalar hamkorlikda ishlaydilar va qisqa vaqt ichida katta
hajmdagi ma’lumotni o’zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |