3. “Fikrlarning shiddatli hujumi” usuli. Mazkur usul
guruhlarda muayyan vazifa yoki masalani talabga muvofiq har bir
ta’lim oluvchining tayyorgarlik darajasi, layoqati, iqtidori, bilish
qobiliyatini ruyobga chiqarish, buning uchun bildirilgan fikr va
g’oyalarga o’zining shaxsiy fikr va g’oyasini kеltirish imkoniyatini
yaratish maqsadida qo’llaniladi. Bu usul o’quvchi (talaba)lar
tomonidan nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirish, bildirilgan fikrlarni
tahlil qilish, vaqtdan unumli foydalanish, g’oyalar ustidan tanqidiy
mulohaza yuritish, o’z xulosalarini dalillash yordamida o’quvchi
(talabalar)da erkin, mustaqil, faol fikrash layoqatini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |