Tovarlarni eksklyuziv tarqatish - ma'lum hududda ayrim tovarlarni tarqatish,
sotish huquqi yagona bir vositachiga beriladi.
Tovar markasi - bir ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tovarlarini umumlashtiruvchi
va boshqalar tovarlaridan ajratib turuvchi nom, termin, belgi, tasvir, timsol yoki
ularning birgalikdagi yaxlit shakli.
Tovar narxi - ayirboshlashda tovar uchun to’lanadigan mablag’, pul miqdori.
Tovar nomenklaturasi - assortiment guruhlar to’plami.
Tovarning bozor ulushi - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar sotish
umumiy hajmidagi hissasi.
Tovarning mavqei - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste'molchilar ongi va
ko’nglida tutgan o’rni.
Tovarning raqobatbardoshligi - tovarning raqib tovarlar bilan bir xil narxda
va xizmat talab bo’lib, o’z funktsiyasiga binoan ehtiyojni ulardan past bo’lmagan
darajada qondirish qobiliyati.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |