138
Ijtimoiy-madaniy, ma'naviy-axloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo’lsa ham,
ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining omili bo’lib
hisoblanadi. O’zbekistondagi madaniy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari
fuqarolar, hokimiyat tuzilmalarining umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlari va
demokratiyani o’zlashtirishlari bilan belgilanadi. Bu yo’nalishlar oxirgi yillarda jadal
ravishda Sharq va islom falsafasi va madaniyati, aholining yashash tarzi va
mentalitetining an'anaviy qadriyatlari bilan o’zaro aloqada bo’lmoqda.
Milliy o’z-o’zini anglash, ma'naviyat va madaniyatning tiklanishi, aholining
tobora keng qatlamlari tomonidan qabul qilinayotgan tarzda, o’zini
etnik
ideallashtirish va yakkalanishni bildirmaydi. Yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlarning progressiv andozalariga etishishga yo’naltirilganlik tobora
barqarorlashmoqda. Jahonning madaniy, axborot va demokratik makoniga qo’shilish
ehtiyoji, shuningdek, g’arb va Sharq tsivilizatsiyalarining uyg’unlashuvi, ijtimoiy
guruhlar va qatlamlarning mutloq ko’pchiligiga yoyilmoqda. Hamma darajalarda -
shaxs, oila, qo’shnichilik jamoasi - mahalla, shahar va qishloq,
ijtimoiy va milliy
guruhlar va umuman, jamiyat miqyosida madaniyatning ustuvor ahamiyatini anglash
o’sib bormoqda.
Shunday qilib,
bozor iqtisodiyotining qaror topishi - bu korxona va
firmalarning ichki va tashqi muhitlari o’rtasida muayyan muvofiqlikni yoki
bog’lanishni ta'minlashdir. Marketing tizimi bu bog’liqlikni o’rnatishi kerak. Bir
tomondan, tashqi muhitning boshqariladigan omillari (iste'molchilar, ta'minotchilar,
vositachilar, raqobatchilar)ga ta'sir etish orqali, ikkinchi tomondan esa ichki muhitni
takomillashtirish (boshqarish va ishlab chiqarish tizimi, marketing-miks elementlari:
narx, tovar,
siljitish, taqsimlash).
Biroq tashqi muhitning iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va siyosiy,
huquqiy atrof-muhit kabi tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli boshqarib
bo’lmaydigan omillarga kiradi. Bunda ichki va tashqi muhitlarning ancha darajada
nomuvofiqligi korxonani bankrotlikka olib keladi va hamma vaqt ham uning
marketing faoliyatini takomillashtirish orqali tuzatilmaydi. Bozor munosabatlarining
muvaffaqiyatli qaror topishi uchun tashqi muhit ichki muhitga qaraganda tezroq
rivojlanishi kerak. Bu esa davlatning iqtisodiy va huquqiy
sohalardagi samarali
siyosatidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: