Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/364
Sana11.08.2021
Hajmi0,86 Mb.
#145110
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   364
Bog'liq
menejment va marketing asoslari (1)

11.2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar 
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga 
quyidagi talablar qo’yiladi: 
  Ishonchlilik; 
  tushunarli, bir ma'nolilik; 
  tezkorlik; 
  to’liqlik; 
  tejamlilik. 
Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko’rsatishi, 
tezkorlik bilan ish olib borishi, vaziyat o’zgarishni o’z vaqtida payqab olish, resurslar 
bilan manevr qila olishi, har bir konkret sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. 
Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim. Ortiqcha, 


 
99
befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt sarflashga olib 
keladi. 
Axborot tushunarli bo’lishi kerak, chalkash, bir-biri bilan taqqoslab 
bo’lmaydigan ko’rsatkichlar to’g’ri rahbarlik qilishga va o’z vaqtida qaror qabul 
qilishga putur etkazadi. 
Axborotning o’z vaqtida kelishi va o’z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, 
ya'ni tezkorlik ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, ishlab chiqarishning 
uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli 
maqsadlar uchun oson o’zgarish, undan boshqaruvning barcha bo’g’inlarida 
foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo’shimcha ishlov 
bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. 
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kechi 
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.  
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun 
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta'min etilishi, axborot hajmi maqsadga 
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi 
tezkor va to’g’ri boshqarishga halal beradi. Boshqarish apparati xodimlar qanchalik 
yuqori malakali bo’lsalar, axboro qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga 
solingan bo’ladi. Boshqarish organlari ma'lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari 
bilan qanchalik mukammal ta'minlangan bo’lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda 
ma'lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o’z navbatida axborot oqimidagi 
tejamkorlikni ta'minlaydi. 
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to’g’ri 
aloqagagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo’lishidir. Teskari aloqa har 
qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm 
hisoblanadi. 
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo’ysinuvchidan boshliqqa) 
kelib tushadigan axborotni, ya'ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari 
to’g’risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan. 
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko’p tomonlama va xilma-xil 
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi. 
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu 
farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to’g’risida teskari aloqa yo’li 
bo’yicha o’z vaqtida axborot bilan ta'minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi 
va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi. 
Ishlab chiqarishni va davlat boshqaruvining barcha darajalarida mustahkam 
teskari aloqa mavjudligi harakterlidir. Odatiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlanishi bo’yicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar, albatta 
umumxalq muhokamasiga qo’yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va istaklari 
hisobga olinib, qo’shimchalar va o’zgarishlar kiritiladi. 
Teskari aloqa yordamida axborotni jo’natuvchi bilan uni qabul qiluvchi 
o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan 
o’zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni 
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya'ni har ikki tomon o’z vazifalarini 
o’zaro almaggandek bo’ladi. 


 
100

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish