Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Ushbu magistrlik ishini yozishdan
asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasini mustaqilllik yillarida erishgan madaniy
va ma’rifiy sohada erishgan yutuqlarini mavjud bo’lgan materiallar asosida
yoritishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda qator vazifalar amalga
oshiriladi.
- O’zbekiston Respublikasining ma`naviy – madaniy taraqqiyotini tarixiy
manbalar asosida o’rganish;
- O’zbekiston Respublikasi aholisining madaniy hayotdagi ishtiroki;
- O’zbekiston milliy siyosatining gumanistik asoslarini tahlil qilish;
- Islom Karimovning mamlakat ma`naviy-madaniy taraqqiyotini yuksaltirish
tendensiyalarini o`rganish;
- O’zbekiston Respublikasi baynalmillal madaniyat markazi va Milliy madaniy
markazlarining milliy madaniyat va millatlararo totuvlikni mustahkamlash
yo’lidagi faoliyatini ilmiy tahlil qilish;.
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy siyosatdagi ahamiyati;
- Taraqqiyotning “o’zbekcha modeli” milliy siyosatning asosi ekanligini ilmiy
asoslashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |