Xulosa
G`oya-inson tafakkurining mahsuli, milliy g`oya-millat tafakkurining
mahsuli. Bu tushunchaning qay darajada ahamiyatga ega ekanligini mustaqil
O`zbekiston davlatining asoschisi, O`zbekiston Respublikasining 1-prezidenti
hozirgi yorug` istiqbolimizning asoschisi I.A.Karimov juda yaxshi anglagan va
buni xalqimizning yuragiga, qalbiga yetkazish uchun qator ishlarni amalga
oshirgan edi.
Hоzirgi globallashuv davrining nihоyatda murakkab va mas`uliyatli
vazifasi – O`zbеkistоnning milliy istiqlоl mafkurasini targ`ib qilish juda katta aql-
idrоk va tafakkurni, ilmiy-nazariy bilimni, bоy hayotiy tajribani, jamiyatning
taraqqiyot qоnunlarini bilishni, mamlakatimizning nafaqat o`tmishi va hоzirgi
davri, balki istiqbоlini ham ilmiy fahmlashni taqоzо etadi. Shu o`rinda
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: “Hammamizga bir haqiqat
ravshan bo`lishi lozim: biz mavjud rivojlanish sur`atlari bilan o`z oldimizga
qo`ygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz. Bugun zamon o`zgarmoqda, uning
talabi, oldimizga qo`yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqda”
24
Bu ishlar tarixiy
merosdan foydalangan holda milliy goyani targ`ib etish orqali ilmiy-nazariy,
intеllеktual kuchlarning, siyosiy-ijtimоiy fanlari vakillari, davlat va jamоat
arbоblari, adabiyot ahli, хullas, jamiyatimizning turli tabaqalarining o`zarо
hamkоrlikdagi sa`y-harakati natijasida amalga oshadi. Ze`ro, O’zbekiston
Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimоv ta`kidlagani kabi: “O`z hayotini, оldiga
qo`ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila оladigan, o`z kеlajagi haqida
qayg`uradigan millat hеch bir davrda milliy g`оya, milliy mafkurasiz yashamagan
va yashay оlmaydi. Mafkura bo`lmasa har qaysi davlat va jamiyat, qоlavеrsa, har
qaysi insоn o`z yo`lini yo`qоtishi muqarrar”
25
24
Mirziyoyev. Sh.M. Tanqidiy tahlil qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo`lishi kerak -T.: “O`zbekiston” 2017, 52-bet
25
Karimov.I.A. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tomoyillar. Toshkent 2000 yil
Mustaqillik-tenglik sari qo`yilgan birinchi qadam. Darhaqiqat, O`zbekiston
mustaqillikka erishgach, barcha jabhalarda o`zining tenglar ichidagi o`rnini
belgilab oldi va qator tashkilotlar bilan hamkorlik o`rnatilib, hamkorlikda
istiqbolli re`jalarni ketma-ket amalga oshirdi va hozir ham amalga oshirilayapti.
Ma’lumki, madaniyat rivoji hamisha davlatlar va millatlararo do’stlik,
hamjihatlik, osoyishtalik va farovonlikni yuksaltirishga xizmat qilib kelgan.
Binobarin, mazkur sohada ham davlatimiz YuNESKO bilan yaqindan hamkorlik
qilmoqda. Bu borada davlatimizning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini
muhofaza qilish Konvensiyasiga qo’shilishi orqali mustahkam asos qo`yildi.
Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, ba’zi geografik joylar xalqaro muhofazaga
olindi. Yurtimizda bunday tarixiy maskanlar ko’pligi bugun hech kimga sir emas.
Ayni chog’da yurtimizda saqlanayotgan Usmon Qur’onining asl nusxasi “Jahon
xotirasi” ro’yxatidan o’rin olgan.
Hozirgi globallashuv jarayonida yirik xalqaro tashkilotlarning dunyoda
kechayotgan siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi o’rni va ahamiyati tobora
yuksalib bormoqda. Shu ma’noda aytganda, bugun fan, ta’lim va madaniyatning
ishonchli himoyachisi bo`lmish YuNYESKOning jahon tashkilotlari o’rtasidagi
nufuzi ancha yuqori hisoblanadi.
Uning milliy madaniyatlarni qo’llab-quvvatlash, dunyoviy meros
hisoblangan boyliklarni asrab-avaylash, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar
kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirish, ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy
dasturlar tuzishga ko’maklashish borasidagi ishlari alohida tahsinga loyiq. Zero,
birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, YuNYESKOning noyobligini biz, eng
avvalo, sayyoramizdagi xalqlarning o’tmishi va bugungi kuniga bir xil hurmat
hamda munosabatni saqlab qolgan holda, o’ziga xos va betakror milliy
madaniyatlar, jahon tsivilizatsiyasi yutuqlarini keng namoyish etish uchun go’zal
imkoniyatlar yaratilayotganida ko’ramiz.