«Xusravnoma» yoki «Gul va Xusrav» - masnaviy tarzida yozilgan majoziy ishq
dostoni. Mavzui milodiy ilk asrlardagi ellinistik (yunoniy) ruhdagi ro‘monga borib
taqaladi. Asarda Rum qaysarining bir cho‘risidan bo‘lmish o‘g‘li Xusrav ila Xuziston
podshohining qizi Gul orasidagi ishqiy mojarolar tasvirlangan.
«Devon» — g‘azallardan iborat va ularda masnaviylardagi tasavvufiy g‘oyalari lirik
tarzda ifoda etiladi.
«Muxtornoma» — ruboiylar majmuasi. Bizgacha yetib kelgan ruboiy to‘plamlarining
eng qadimgisidir. Ismi noma’lum tarjimon bu asarni sulton Salim II (1566 — 1574)
uchun turkchaga tarjima qilgan.
«Asrornoma» — Attorning tasavvufiy ruhdagi masnaviy-laridan birinchisidir. 26
maqoladan iborat bu asarda tasavvufiy fikrlar kichik hikoyatlar vositasida izohlangan.
Ahmadiy taxallusli bir zot bu asarni turkchaga o‘girgan.