Abbosa dedi:
- Qiyomat kuni qo‘rquv va haybatdan xalqhar tomonga qocha boshlaydilar. Osiy
gunohkorlar, g‘ofil va johillarning yuzi bir soat ichida qop-qora bo‘ladi. Odamlar noiloj
hayron, har biri o‘zgacha bir holatda parishonu hayajon ichida bo‘ladi.
Shunda Haq taolo yerdan to‘qqiz falakkacha malaklarning yuz ming yillar qilgan
toatlari savobini ul pok qavmdan butunlay olib, xokiylar - odamlar boshi uzra sochadi.
Malaklar faryod qilib deydilar:
- Ey AIloh, bu xalq nega bizga sherik bo‘ladi - savobimizni oladi?
Haq taolo deydi:
- Ey ruhoniy xilqatlar, sizga bundan ziyon ham, foyda ham tegmaydi, ammo xokiy
bandalar — tuproqdan ato etilgan xilqatlarning ahvoli og‘ir. Axir non ochlar uchun
emasmi?!