Bunday holatga oila boshlig’i bo’lmish Anvar akaning hayolidan o’tgan
fikrlar:
a) Hammang ham bergan pulimga biron narsa olibsizlar. Endigi safar nima
xarid qilishni yanayam yaxshiroq o’ylab ko’ringlar.
b) Katta qiziga qarab: “Senga mushtday boshingdan pardoz – andoz qilishni
kim qo’yibdi, endigi safar kallani ishlatib xarid qil!”.
v) O’ylanib qoldim, nima qilsam ekan, katta qizim bunday holatda ketaversa
ishyoqmas, tannoz bo’lib qoladiki. Ertaga hayotda bizlarning yuzimizni yerga
qaratadi-ku? Qolaversa bunday qizlar jamiyat uchun ham zarurli holatlarni keltirib
chiqarish mumkin.
O’rtanchi qizimdan bir narsa umid qilsam bo’lar ekan. Bunday qizlar tejamkor
bo’lishadi.
Kichkina qizimning menga bergan “Sovg’asi” yuzimga bir shapaloq urgandek
bo’ldi. Men farzand tarbiyasida katta xatoga yo’l qo’yayotgan ekanman. Endi
zinhor sigareta chekmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |