hayotga tatbiq etishda qiynalishadi. Balki bu fizika laboratoriya xonalari
kamchiliklari bilan bog‘liqdir. Umuman olganda PISA testlarida, yuqorida aytib
o‘tilganidek, tabiiy fanlar va fizika fanidan berilgan savollar, asosan, standart (matn,
grafik, diagramma, jadval va ularga bog‘liq savollar) va interaktiv (kompyuter
simulyasiyasi va unga bog‘liq savollar) kabi topshiriqlarni qamrab olgan. Har bir
topshiriq o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy salohiyatini baholab beruvchi kategoriyalar
bo‘yicha sinflarga ajratilgan bo‘lib, bular quyidagilardan iborat. Kompetensiyalar
(hodisa, jarayonlarni ilmiy jihatdan tushuntirib berish va amalda qo‘llay olish hamda
o‘z bilimlarini nazariya va qonunlar asosida tahlil qilish, ilmiy asoslab xulosa chiqara
olish), tabiiy-ilmiy bilimlar (ilmiy bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda kuzatish
va tadqiqot tajribalari qay darajada o‘zlashtirganligi), kontekstlar (bilimlarni sog‘liqni
saqlash, tabiiy resurslar, xavf-xatar va zamonaviy texnologiyalarni shaxsiy, milliy va
global tarzda qo‘llay olish darajasini) va kognitiv (yuqorida ko‘rsatilgan
kompetensiyalar doirasida o‘quvchilar bilimlarni o‘z mohiyatidan kelib chiqqan
holda past, o‘rta va yuqori darajada baholash). Bu testlarda o‘quvchilar testlarning
noodatiyligidan, ma’lum bir masalaning hayotiy hodisa jarayonlari bilan uzviy
bog‘langanli va bularga nisbatan o‘quvchining mustaqil fikri, ko‘nikmasi yo‘qligidan
va fanlarni bir biri-bilan bog‘lay olmaganliklari, bunday va bu kabi savollarga
maxsus tayyorgarlik ko‘rmaganliklaridan testlar qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Darsliklarga o‘zgartirishlar kiritilganda mana shu talablar ham inobatga olinishi
lozim. Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’lim sohasida ham juda katta
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, joylarda yetishmayotgan pedagog kadrlarga
bo‘lgan talabni qondirish maqsadida pedagogika oliy ta’lim maskanlari filiallarining
ochilishi va pedagogik kadrlar sonini oshirishga, mavjud kadrlarning pedagogik
salohiyatini oshirish uchun esa turli malaka oshirish institutlarida o‘qitish va
masofaviy ta’lim berish tizimini kuchaytirishga, seminar-trening va konferensiyalar
tashkil qilishga, tabiiy fanlar, shu jumladan fizika va astronomiya fanini
rivojlantirishga ham juda katta e’tibor berilmoqda. O‘quvchilarning tadqiqotlarida
yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishi, fanni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni yanada
kuchaytirish kerakligini anglatadi. Buning uchun quyidagi ishlarni kechiktirmasdan
amalga oshirish lozim:
– pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo’lg’usi o’qituvchilarga o’quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirish bo’yicha to’liq bilim berish va malaka bilan
qurollantirish;
-
o‘quvchilarni turli badiiy va ilmiy asarlarni o’qishga qiziqtirish;
-
maktab o‘quvchilari o‘rtasida o’qish darslari asosida hamda sinfdan tashqari
o’qish bo’yicha tanlov va olimpiadalarini tashkil qilish va rag’batlantirish
– maktablarda yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv, savol-javoblar, suhbatlar
tashkil etish
Yuqorida sanab o‘tilgan takliflarning bajarilishi yoshlarni nafaqat xalqaro
ta’lim sifatini baholashdagi testlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlaydi,
balki o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga, ta’lim
sifatini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: