Microsoft Word majmua Ta'lim sifati 2



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/181
Sana18.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#385257
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181
 
 
Tayanch tushunchalar: 
xorijiy ilg‘or tajribalar, konsepsiya  
 
Mamlakatimiz  innovatsion  taraqqiyot  yo‘lida  shiddat  bilan  rivojlanib 
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari 
va  ijodkorligini  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlash,  ularning  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalarini shakllantirish  hamda  ilg‘or  xorijiy tajribalar,  xalqaro  mezon  va talablar 
asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, 
mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va 
xorijiy  tashkilotlar,  ilmiy  tadqiqot  muassasalari  bilan  yaqindan  hamkorlik  qilish 
muhim ahamiyatga egadir. 
Ushbu  dasturning  ko‘p  yillar  davomida  muvaffaqiyatli  faoliyat  olib 
borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi.  
PIRLS  –  PIRLS  (Progress  in  International  Reading  Literacy  Study  -  xalqaro 
o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish) – bu turli mamlakatlarda boshlang’ich 
sinfda  tahsil  oluvchi  o’quvchi-yoshlarning  matnni  o’qish  va  tushunish  darajalari 
sifatini  baholab  beruvchi  xalqaro  baholash  tizimidir.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  o‘qib  tushunish  ko‘nikmalarini  qay  darajada 
rivojlanganligi  haqidagi  ma’lumotlarni  xalqaro  miqyosda  taqqoslash  imkonini 
beradigan,  o‘qish  va  o‘qitishni  yaxshilash  uchun  ta’lim  sohasidagi  davlat  siyosatiga 


oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Ushbu sinov turi 
har  5  yilda  bir  marta  o’tkazishga  mo’ljallangan  bo’lib,  uning  oxirgi  2016  yilgi 
tadqiqotlari natijalariga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. 
Shuningdek,  PIRLS,  yosh  o‘quvchilar  tomonidan  maktabda  va  maktabdan 
tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, 
ma’lumot  olish  va  undan  foydalanish  ko‘nikmalarini  baholash  kabi  ikkita  keng 
qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.  
Yana  shuni  aytish  mumkinki,  ushbu  dastur  zamon  bilan  hamnafas  qadam 
tashlaydi  hamda  o‘zining  baholash  mezonlarini  zamonaviy  talablarga  muvofiq 
ravishda  takomillashtirib  boradi.  Bunga  misol  sifatida,  2021-yilda  o‘tkaziladigan 
tadqiqotda  o‘quvchilarga  birinchi  marta  raqamli  formatdagi  topshiriqlarni  taqdim 
etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet 
muhitida  boshqariladigan  ePIRLS  onlayn  o‘qishni  kompyuterda  baholash  kabi 
o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan.  
 
O‘zbekiston  ilk  marotaba  ishtirok  etayotgan  ushbu  xalqaro  tadqiqotlar 
doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar 
esa  2021-yil  aprel-may  oylarida  o‘tkazilishi  belgilangan  bo‘lib,  lekin  dunyo  bo‘ylab 
keng  tarqalgan  koronavirus  pandemiyasining  salbiy  ta’siri  tufayli  rejalashtirilgan 
tadqiqotlarning 
amalga 
oshirilishi 
vaqtincha 
to‘xtatilgan 
edi. 
          Hozirgi  vaqtga  qadar  Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  (OECD), 
Ta’lim  sohasidagi  yutuqlarni  baholash  xalqaro  assotsiatsiyasi  (IEA)  kabi  xalqaro 
tashkilotlar  tomonidan  tadqiqotda  qatnashuvchi  mamlakatlar,  dasturning  boshqaruv 
kengashi  a’zolari,  xalqaro  ekspertlar  kengashi  va  konsorsiumlar  hamda 
mamlakatlardagi  Milliy  markazlar  ishtirokida  tadqiqotlarning  tashkil  etilish 
muddatlarini 
belgilash 
bo‘yicha 
muhokamalar 
olib 
borildi. 
           Muhokamalar  jarayonida  turli  xil  muqobil  yo‘llar  ko‘rib  chiqildi. 
Jumladan, PISA dasturi  bo‘yicha kun tartibida  ikkita  yo‘ldan birini  tanlash  masalasi 
qo‘yildi.  Birinchisi,  ixchamlashtirgan,  yangi  kiritilgan  topshiriqlar  hamda  kreativ 
fikrlash  yo‘nalishidan butunlay  voz kechgan  holda 2020-yil oktyabr-noyabr oylarida 
tajriba  sinov  jarayonlari,  2021-yil  aprel-may  oylarida  asosiy  tadqiqotlarni  o‘tkazish 
bo‘lsa,  ikkinchisi,  barcha  yo‘nalishlarni  to‘liq  qamrab  olgan  holda  tadqiqotni  bir  yil 
muddatga  kechiktirish,  bunda  2021-yil  aprel-may  oylarida  tajriba-sinov  jarayonlari, 
2022-yilning  mos  oylarida  esa  asosiy  tadqiqotlarni  tashkil  etish  takliflari  atroflicha 
ko‘rib 
chiqildi. 
PIRLS dasturi bo‘yicha esa PISA dasturidan  farqli ravishda  ikki  muqobil  yo‘llardan 
birini  tanlash  taklif  etildi.  Ya’ni,  birinchisi,  2020-yilga  mo‘ljallangan  tajriba-sinov 
jarayonlaridan  voz  kechgan  holda  2021-yildagi  rejalashtirilgan  asosiy  tadqiqotlarni 
o‘z  vaqtida  tashkil  etish  bo‘lsa,  ikkinchi  yo‘lga  ko‘ra,  yangi  o‘quv  yilining 
boshlanishi  bo‘lishiga  qaramasdan,  2020-yil  oktyabr  oyida  soddalashtirilgan  tarzda 
tajriba-sinovlarini o‘tkazish hamda 2021-yildagi asosiy tadqiqotlarni ham o‘z vaqtida 
aprel-may  oylarida  tashkil  etish  masalalari  ko‘rib  chiqildi.  Bunda  tadqiqotda 
qatnashuvchi  maktablar  va  sinflar  masalasiga  ham  alohida  to‘xtalib  o‘tildi.           
Atroflicha muhokama va munozaralardan so‘ng, PISA va PIRLS dasturlari doirasida 
tadqiqotlarning  o‘tkazilishi  yuzasidan  quyidagi  muddatlarni  belgilash  bo‘yicha 
xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  qarorlar  qabul  qilindi:  PISA  dasturi  doirasidagi 
tadqiqotlar  bir  yil  muddatga  kechiktiriladi.  Bunda  2020-yilda  mo‘ljallangan  tajriba-
sinovlar  2021-yilning  aprel-may  oylarida,  2021-yilga  mo‘ljallangan  asosiy  tadqiqot 
esa  2022-yilning  aprel-may  oylarida  o‘tkazilishi  rejalashtirildi.  Shuningdek, 


tadqiqotning  3  yillik  davriyligini  inobatga  olgan  holda,  2024-yilga  mo‘ljallangan 
tadqiqotlar 
ham 
o‘z 
navbatida 
2025-yilga 
ko‘chirildi. 
        PIRLS  dasturi  doirasidagi  asosiy  tadqiqot  kechiktirilmadi  va  o‘z  muddatida, 
ya’ni 2021-yil aprel oyida o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar o‘z kuchida qoldirildi. Bunda, 
2020-yil  aprel  oyiga  rejalashtirilgan  tajriba-sinov  jarayonlari,  karantin  sharoiti 
barqarorlashgan  taqdirda,  2020-yilning  oktyabr  oyida  ko‘chirilishi  rejalashtirildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, PIRLS dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan 
maktablarning  4-sinflari  o‘rtasida  o‘quv  yilining  oxirgi  oylarida  o‘tkazilishi  ko‘zda 
tutilgan.  Lekin,  kutilmagan  pandemiya  tufayli,  tajriba-sinovlari  istisno  tariqasida 
yangi  o‘quv  yilining  ilk  oylarida  o‘tkazilishi  mo‘ljallanmoqda.  Bunda  avval  tanlab 
olingan  maktablar  ro‘yxatiga  o‘zgartirish  kiritilmaydi.  Yangi  rejalashtirilayotgan 
tajriba-sinov  muddatiga  ko‘ra,  tanlab  olingan  maktablarning  4-sinf  o‘quvchilari  5-
sinfni boshlagan bo‘ladilar.
 
2. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2019-yil 
29-apreldagi 
«O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  tizimini  2030-yilgacha  rivojlantirish 
konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida»gi  5712-son  Farmonida  2030-yilga  kelib  PISA 
xalqaro  dasturi  reytingida  jahonning  birinchi  30  ta  ilg‘or  mamlakatlari  qatoriga 
kirishiga  erishish  hamda  xalq  ta’limi  tizimida  ta’lim  sifatini  baholash  sohasidagi 
xalqaro  tadqiqotlarni  tashkil  etish  asosida  o‘quvchilarning  o‘qish,  matematika  va 
tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim 
sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. 
Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, 
axborotni  mustaqil  izlash,  tahlil  qilish  kompetensiyalari  va  malakalarining 
rivojlanishiga  alohida  urg‘u  berishni  hisobga  olgan  holda,  zamonaviy  innovatsion 
iqtisodiyot  talablariga  javob  beradigan  umumta’lim  dasturlari  va  yangi  davlat  ta’lim 
standartlarini  joriy  etish,  o‘quvchilarning  bilim  darajasini  baholashda  xalqaro  PISA, 
TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. 
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  yo‘lida  PIRLS  tadqiqotida  muvaffaqiyatli 
ishtirok  etish  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Shunday  ekan,  ta’lim  sifatini  baholash 
sohasidagi  yangi  xalqaro tadqiqot  haqida  xalq ta’limi  tizimi  xodimlari, o‘qituvchilar 
hamda  ushbu  sohaga  qiziquvchilar  uchun  ma’lumotlar  yetkazib  berish  maqsadida 
«Xalqaro  tadqiqotlarda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  o‘qish  savodxonligini 
baholash»  nomli  metodik  qo‘llanma  ishlab  chiqildi.  Mazkur  qo‘llanmada  PIRLS 
tadqiqoti,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  nazorat-sinov  materiallarining  ishlab 
chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining 
topshiriqlaridan,  ya’ni  matnlar  va savollaridan bir  nechta  namunalar  hamda  ularning 
baholash mezonlari keltirilgan. 
 

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish