1. Biologik-genetik yondashuv. Biologik omillarning shaxsning
og‘uvchi axloqi shakllanishiga va kelgusida jinoyat sodir etishga
moyilligiga jiddiy ta’sirini birinchi bo‘lib taniqli italiyalik olim va
kriminalist Chezare Lombrozo ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha,
biologik belgilar tashqi qiyofa va axloqda qay darajada o‘z ifodasini
topishiga qarab, jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
Tadqiqotning asosiy usullari sifatida Lombrozo antropometrik
xarakteristikalarni ham kuzatish usulini qo‘llagan va ular yordamida
kishi qiyofasini baholash alomatlari tizimini ajratgan. Bu alomatlar
tug‘ma jinoyatchini to‘g‘ri kishidan farqlash imkonini berdi. Buning
ustiga, Lombrozo kishining tashqi belgilariga ko‘ra hatto jinoyat-
chilarning alohida toifalarini differensiallashtirish (tabaqalashtirish)
mumkin deb hisoblagan.
1
O‘sha manba.
21
Shundan keyin, Lombrozo jinoyatchilar oilalarining genealogik
jadvallari va kadastrlarini tuzish bilan shug‘ullanib, jinoiy axloqning
irsiy omillar shakllanishida ulkan rol o‘ynashini ta’kidladi. Mazkur
holatni u atavizm ko‘rinishiga – avlodlarni bir necha avlod orqaga ular
ajdodlarining jinoiy o‘tmish(lar)iga qaytaruvchi ruhiy rivojlanish
regressiga kiritdi. Atavizm yoki avlod naslining buzilishi alomatlari
olim tomonidan delikventning susayib qolgan sezuvchanlikda,
«hissiyot to‘mtoqligi"da va uning atrofdagi insonlarning dardi va
quvonchiday hissiy ta’sirlanishga layoqatsizligida namoyon bo‘luvchi
o‘ziga xos axloqiy telbalik ("moral insanity") sifatida ko‘rib chiqiladi.
Shundan so‘ng, Lombrozoning fikriga ko‘ra, bu subyekt identifi-
katsiyasining o‘zi yashayotgan jamiyat a’zolari bilan aloqasining
uzishga olib keladi. Hozirgi vaqtda Lombrozo tomonidan belgilab
berilgan jinoyatchi shaxsining pushaymonlikni inkor etishga sabab
bo‘luvchi axloqiy hissiyoti va umuminsoniy qadriyatlarni tan olish
layoqatining rivojlanmaganligi xususiyatlari jinoyat olamida yetarli
darajada keng tarqalgan.
Lombrozo tomonidan ta’kidlangan nasl buzilishining boshqa
belgisi delikvent xulqning «Kainning muhri»
1
sifatida izohlangan
tatuirovkalar (badanga tasvirlar chizish) chizishga bo‘lgan kuchli
istakdir. Hozirgi vaqtda tatuirovkalar jinoyat olamining o‘ziga xos
timsoli bo‘lib qolgan. Ular huquqbuzarlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotlar
belgilaridir. Badanning turli qismlaridagi tatuirovkalar o‘z mazmuniga
va chizilgan joyiga qarab jinoyatchiga ruhi, ixtisosi bo‘yicha aniq bir
jinoyat ishi bo‘yicha yaqin bo‘ladi (qabr xochi - qotil «turi"; tatuirovka
qilingan dollar – bosqinchilik sodir qilgan; qizlarning qo‘lidagi uchta
nuqta – o‘g‘ri va hokazolar), ularni tashuvchilarning ta’blari haqida
ko‘p narsa aytib berishi (ayollar, qadahlar, shpris va boshqa tasvirlar),
ayrim biografik ma’lumotlarni bildirishi («tarbiyalangan» muassasa,
tug‘ilgan yili va boshqalar), ma’lum bir jinoiy to‘daga a’zoligidan
dalolat berishi mumkin (panjara, xoch, kartalar, shpris va boshqalar).
Bundan tashqari, boshqa alohida belgilar orasida tatuirovka uning
qimmatini, fikrlash tarzini, maqsadini aks ettiruvchi mustahkam
shaxsiy xususiyatlaridan darak beradi.
1
Каин бу ерда – Одам Ато ва момо Хавонинг ўѓли Ќобил номи билан
боѓлиќ.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |