Intervensiya - ijobiy o‘zgarishlar maqsadi bilan, masalan, istal-
magan axloqni yengish (axloq korreksiyasi, shaxs reabilitatsiyasi) bilan
ta’sir ko‘rsatish.
Klassik shartlanganlik (shartli yoki respondent refleks) - bu
shartsiz rag‘bat bilan vaqt va borliqda (organizmning tug‘ma
reaksiyasini chaqiruvchi) shartli reaksiyaga o‘rganish (indifferent
rag‘batga reaksiya).
Kleptomaniya - patologik o‘g‘rilik.
Konformistik axloq – individuallikdan mahrum axloq.
Koping-axloq - stressni yengmoq.
Koping-resurslar - aniq shaxsning stressni muvaffaqiyatli yen-
gishiga yordamlashuvchi ichki va tashqi resurslar yig‘indisi.
Koping-strategiyalar - stressni yengishning individual strate-
giyalari.
Libido– jinsiy mayl, jinsiy yaqinlikka intilish.
Marginallik - me’yorning oxirgi chegarasi, shuningdek, chegarali
submadaniyatga mansublik.
140
Axloqning motivatsiyalanganligi - shaxsning yetakchi ehtiyojlari,
qadriyatlari va maqsadlari bilan boshqariladigan harakatga ichki
tayyorlik.
Narsissik axloq - shaxsiy buyuklik tuyg‘usi va o‘ziga libido
murojaat, shuningdek, o‘zining ahamiyatliligiga tashqaridan tasdiq-
lashlariga yuqori ehtiyoj bilan boshqariladigan axloq.
Nekrofiliya - murdalarga jinsiy mayl bilan bog‘liq jinsiy
deviatsiya.
Ta’lim - yuzaga kelgan vaziyat asosida muayyan axloq turlarini
saqlash va egallash jarayoni.
Operant - o‘z oqibati bilan belgilangan axloq.
Operant shartlanganlik - axloq va o‘zini o‘zi mustahkamlash
sharofati bilan shartli reaksiya (ta’lim) ni ishlab chiqish.
Operant axloq - natija paydo qilib, atrof-muhitda operaqiya-
lanadigan axloq.
Og‘ishgan (deviant) axloq - birmuncha muhim ijtimoiy
me’yorlardan og‘ishgan, shaxsning o‘zi yoki jamiyatga real zarar
keltiruvchi, shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga
boruvchi shaxsning turg‘un axloqi.
Pedofiliya - bolalarga jinsiy qiziqish bilan bog‘liq jinsiy
deviatsiya.
Penitensiar tizim - qonunbuzarlarni saqlash tizimi, ularning jazoni
o‘tash joyi.
Perversiya - jinsiy obyekt yoki jinsiy qoniqish usullarini tanlashda
og‘ish bilan bog‘liq qayd qilingan kuchli jinsiy axloq.
Piromaniya - kuydirishga patologik ishqivozlik.
Prevensiya - ogohlantirish maqsadidagi ta’sir – istalmagan xulq
profilaktikasi.
Axloqning mahsuldorligi - shaxs axloqida ongli maqsadlarini
amalga oshirish darajasi.
Promissuitet - subyekt sog‘ligi va uning shaxslararo munosabatlar
uchun xavf tug‘diruvchi tartibsiz jinsiy aloqalar.
Psixologik himoya - shaxsning maqsadi va mustahkamligiga xavf
soluvchi har qanday o‘zgarishlarni bartaraf qilish yoki kamaytirishning
ongsiz mexanizmlari.
Relaksatsiya - bo‘shashish.
Retrizm - ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan ketish.
141
Sadomazoxizm – kamsitish yoki sherigiga azob berish orqali jinsiy
qoniqishga erishish bilan bog‘liq jinsiy addikqiya.
Ijtimoiy og‘ishlar - ommaviylik, turg‘unlik va tarqalganlik bilan
xarakterlanuvchi
ijtimoiy
me’yorlarning
buzilishi,
masalan,
jinoyatchilik yoki piyonistalik.
Sotsiopatik shaxs - atrofdagi odamlarga ishonch tanqisligi va
dushmanlikni his qiluvchi, uzoq vaqt yaqin munosabatlar o‘rnatishga
qodir bo‘lmagan, o‘z maqsadlariga erishish uchun kuch va manipu-
latsiyadan faol foydalanuvchi antiijtimoiy shaxs.
Suitsid - atayin o‘zini hayotdan mahrum qilish.
Suitsidal axloq - o‘zini hayotdan mahrum qilish haqidagi
tasavvurlarga yo‘naltirilgan anglangan harakat.
Transvestizm - perversiya, psixologik qulaylik yoki jinsiy
qo‘zg‘alishga erishish maqsadida tasavvurda yoki haqiqatan ayollar
kiyimini kiyib olish bilan bog‘liq erkaklarga nisbat beriladigan jinsiy
deviatsiya.
Transseksualizm - o‘z jinsini xirurgik o‘zgartirishga intilishda
ko‘rinuvchi jinsiy mansublikning buzilishi (qarama-qarshi jins bilan
o‘xshashlik oqibatida).
Trixotilomaniya - patologik soch yulish.
Tolerantlik - nimagadir chidash berish, bardosh berish, ta’sirga
berilmaslik.
Fanatik axloq - qandaydir g‘oya, qarashlarga ko‘r-ko‘rona
ixlosmandlik shaklida chiquvchi axloq.
Fetishizm - shaxs jinsiy qo‘zg‘alish va qoniqish uchun fetish
(jonsiz predmet yoki tana qismi) dan foydalanadigan jinsiy deviatsiya.
Frustratsiya - ehtiyojni qondirish imkonsizligi yoki maqsadga
erishish yo‘lidagi to‘siqlar bilan bog‘liq psixik holat.
Evtanaziya - shifokor yordamida o‘z-o‘zini o‘ldirish, qachonki
bemorning azoblari chidab bo‘lmas darajada bo‘lib, uning kasali
davolanmaydigan va u sog‘lom aql bilan evtanaziya haqida bir necha
bor so‘rasa.
Eksgibitsionizm - jinsiy qoniqish uchun yechinishdan foydala-
niladigan jinsiy deviatsiya.
Efebofiliya - o‘smirlik va yigitlik yoshidagi shaxslarga jinsiy
moyillik.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |