CVIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi dedi:
Ey tengi yo'q! Ko'nglimni bir ishq asir etdi. Agar ma'shuqam ruxsorini bir on ko'rmasam, o'sha zahotiyoq olam ko'zimga qorong'u bolib ketadi. Usiz bir nafas ham qarorim yo'q, dard va g'am chekmakdan boshqa ilojim yo'q. Yuziga nazzora qilish mening maqsadimdir. Vaslini ko'rgach, ko'nglim orom topadi. U bilan shunchalik ulfatmanki, shu sababli undan ayrilish menga mashaqqat tug'diradi. Agar uning yoqimli ovozini eshitmasam, ruhim qushi jismim bilan vidolashadi. Ko'nglim hijronida xasta, hayotim vasliga bog'liqdir. Undan judo bo'lsam jonimga alam yuzlanadi, tunu kun ko'nglim ishi
faryod chekmoq bo'lib qoladi. Bir daqiqa ham undan ayrila olmayman. Undan ayrilganim
o’lganim! U sanam ishqin nechuk tark etay men?.. Ayrilib undan qayonga ketgaymen?!
Do'stlaringiz bilan baham: |