XCIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey toj ko'rki! Mening tabiatimda o'zgaruvchanlik mijozi mayjud. Ta'b u yoki bu sifatda raso emas. Ba'zan fisqu fasod ishlar bilan shug'ullanaman: ba'zan taqvodorlik qilaman. Gohida egri bo'lsam, gohida to'g'riman. Goho mayxona ahli bilan ulfat bo'lsam, goho Allohga munojot qiluvchilar davrasiga qo'shilaman. Goh Ka'bani tavof qiluvchi Alloh-parastman, goh dayrda but oldida sig'inaman. Holatimda barqarorlik yo'q, shunga ko'ra haddan ziyod iztirob chekaman. Bu o'zgaruvchan shum mijozim va bu xil nafratlanarli odatim bilan to'g'ri yo'l topa olmasam kerak, deb o'ylayman. Chunki bu yo'lda yakrang, ya'ni barqaror e'tiqodli bo'lmasam o'zimni topolmasman, deyman.
Do'stlaringiz bilan baham: |