Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet118/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CXXXI


Hikoyat
Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga "Majnun al-haq" ("Haq yo'lidagi devona") deb laqab qo'ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mag'lub edi. Biror so'z aytmoqchi bo'lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi.

Bir bahor ayyomida u baytulloh — Ka'bani ziyorat qilish niyatida Safarga chiqdi. Yo'lda ko'p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g'oyat zaif edi.

Atrofga qorong'ulik tushib, yomg'ir yog'a boshladi. Devona endi yo'lni davom ettirish qiyinligini bildi. Shu yaqin o'rtadagi bir vayrona joyni ko'rdi va eshagidan tushdi. Eshagini Allohga tolpshirib: "Ey Allohm, eshakdan xabardor bo'lib tur!"— dedi.

Ulovini tashqariga qo'yib, o'zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so'ng uyqu g'olib kelib, boshi ostiga bir kesak qo'ygancha ko'zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi.

Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har yondan tomchi o'tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o'rnidan turib, yomg'ir tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg'ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi yo'q! Bundan u behad iztirobga tushib, Allohga g'azab bilan xitob qila boshladi:


  • Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag'oyatda yaxshi karam ko'rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sehing mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga qo'yib yuborib, sening ixtiyoringga topshirsa, sen esa beparvolik ko'rsatib, g'aflat ichra unga qarashni unutib qo'ysang?! Eshagimni asramoqni o'zingga or bilib, qorong'u tunda uni ko'rinmaydigan qilib qo'yding!!!

Telba achchig'langancha g'o'ldirab, yo'qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to'ldirib yubordi. Qarasa, eshagi xas-xashakka og'iz urib o'tlab yurgan ekan. Telba uni ko'rib, quvonib ketdi va eshagiga minib yana yo'lga ravona bo'ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan mehribonchilik ko'rsata boshladi:

  • Ey mening jism aro jonim Alloh, balki senga yuz jonim fido boisin! Garchi o'shanda eshagimga qaramay, ko'zdan yashirib, bo'yniga arqon boglamagan eding. Shu vajdan menda beqarorlik yuzlandi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo meni g'amgin holda ko'rib, tabdir ham topding. Chorasozlik qilib, chaqmog'ingni chaqib, ko'z yoritar mash'alingni yoqding. Ko'zimga eshagimni ko'rsatib, o'z lutfu inoyatingni izhor etding.

Garchand men sening bu ishingdan g'azablanishga to'la haqli bo'lsam ham, lekin sen qilish mumkin bo'lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni tushunadigansan; shuning uchun menga e'tibor qilib, yo'qolgan narsamni topib berding. Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai sharmisor etding.

Sen nima ish qilgan bo'lsang, men tamom unutdim. Sen ham oradan ko'ngilsizlikni ko'tar, lutfingni izhor qil. O'tgan ishni unutib, hozir men qat'iy bir fikrdaman, sen ham unutsang yaxshiroq bo'lardi. Axir men seni hech qachon hijolatga solib qo'ymayman. Sen ham meni uyaltirmagin. Men seni voqeada afv etdim, sen ham endi mendan ko'nglingni sof tut!

Devona shu so'zlarni aytib, har dam o'zini o'zi maqtar, Allohga ham turli mehribonchilik ko'rsatar edi. Telba aytgan bu so'zlar garchand nomaqbul bo'lsa-da, muhabbat tufayli sodir bo'lgani uchun maqbul edi.

Agar har bir majnun Allohga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog'i mumkin. Chunki bunday kishilar Allohga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan ishi yoqimlidir.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish