Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
38
sadqa! 
Qavm o'sha kechasi yuz to'lg'anib, Shayx ahvolidan iztirob chekardi. Ular Shayxga 
ta'nalar qilishar, ammo Shayx bularga parvo qilmasdi. Ular Shayxga o'gitlar berishar, 
ammo u bularni fahmlamas edi. 
Ertalabgacha butxonadagi kishilar g'avg'o qilib, din ahlining bu holini tomosha qildilar. 
Ular din ahli rasm-rusumlarini hazil-masxara qilish bilan o'z dinlari tariqatidan lof urib, 
maqtanib qo'yishardi. Ular gumrohlik andishasiga borib o'z Lot (but)laridagi "lo"ni 
"illalloh" so'zining "lo"si bilan teng deb hisoblashardi. U kishilar uchun o'zlarining 
baxtsizlikka duchor bo'lganliklari bir sari bo'lsa, butxona ahlining bu savdodan sevinishi 
bir sari bo'lib tushmoqda edi. Shayx yaqin kishilari bilan butxona kishilarining yonini 
olar, bundan din ahli hijolat tortardi. Tong yorishgunga qadar bunday mudhish hol 
musulmonlarga ko'p malollik yetkazdi. 
Yorug'lik qorong'ulikni yenggach, butparastlar o'zlarining katta qo'ng'irog'ini chaldilar. 
Nasroniy qizi o'z chehrasini namoyish etganidek, charx quyosh nurlarini olamga 
ko'rgizdi. Butxona ahli orasida Shayx ishqi va ahvoli haqida mojaro qo'zg'aldi. Ular 
butxona ichida to'planib olib, butxona ahli millatiga quvvat bag'ishlovchi bu holdan shod 
bo'lishardi. Din ahlining bunday hijolatlari tobora ortib, nihoyat ular nomusga chiday 
olmay, Shayxni yolg'iz tashlab tarqalib ketishdi. Bechora Shayx butxonadagi bolalarga 
ham masxara bo'ldi, ular Shayxning bu holidan mazza qilib kulishardi. 
Keksa Shayx oshiqu zor, g'arib bir holda ko'zini tarso qizi tomonga tikkancha yo'l uzra 
yotardi. Kishilar uni tahqirlab va masxaralab bosib o'tsa ham, u mutlaqo parvo qilmas 
edi. Chekkan azobidan g'oyibu hozirlarning ham, ingrashidan mo'minu kofirlarning ham 
rahmi kelardi. 
Ammo Shayxning kunduz kunini shu tariqa qaro qilgan va uni din yo'lidan chiqarib, 
kofirlar butxonasi ichida rasvo aylagan o'sha olamga o't soluvchi tarsozoda parda 
orqasidan oshiqu zoriga, giriftoriga yashirincha boqib turardi. U, Shayxni g'aflatda 
qoldirib, poymol bolib yotganini ko'rsa-da, o'zini bilmaslikka solar, uning holini 
tushunishni o'ylam'asdi. Garchi u Shayxning diniga qasd qilib, uning jonini talon-toroj 
etgan bo'lsa-da, o'zini go'llik va nodonlikka solib, go'yo hech narsa bilmagandek tutardi. 
Uning firoqidan Shayx joni o'rtanar, balki boru yo'g'i shu o'tda yonardi. Ertadan 
kechgacha bag'ri chok-chok bo'lib, kechdan tong otguncha ayriliqdan halokat yoqasiga 
borib qolardi. Shu tarzda uning mashaqqatli har bir nafasi ortiq tuyular, bir oy 
mobaynida ahvoli shunday kechdi. Unga ranju dard haddan tashqari yuzlanib, g'am 
ichida qolgan jismi tuproq bilan teng bo'layozganida, o'sha zolim kofir, ishvagar xulqli 
go'zal yana o'sha joyida ko'rindi. Nozli husni bilan butun olamga o't solgancha o'z 
giriftori holidan xabar olmoqchi bo'lib, shunday savol berdi: 
— Ey islom eliga yetakchi, din va islom ahliga to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi pir! Senga Ka'ba 
tavofini qilish hunar edi, nechun butxona eshigida vatan tutding?! Seni din elining 
madadkori deyishardi, kofirlar butxonasiga nechun asir bo'lding?! Agar safar ahli biror 
yerga tushib, u yerni manzil etsa, bir kecha o'sha yerda bo'lib, ertasiga boshqa yoqqa 
ketadi. Sen Shayx esa bir oydan beri bu yerda tunb, butxona tuprog'ini maskan 
etding. Kofirlar butxonasida yashashdan va zulmat ahlidan tilagan maqsading nima 
ekan? 
Shayx jahonni bezatadigan bu jamolni ko'rib, uning bu jon baxsh etuvchi so'zlarini 
eshitgach, hayajondan butun a'zosini qaltiroq bosdi. Jismi goh bukilar, goh tik bo'lardi. 
Hushini yo'qotib, o'zidan keta boshladi, jismida hayotdan asar ham qolmadi. Butxona eli 
uni o'ldi deb gumon qilishdi va ming yil oldin o'tganlar bilan teng bo'ldi deb hisoblashdi. 
Shayx shu ahvolda bir kecha-kunduz o'likdek yotdi. U sanam esa Shayxning bu holiga 
afsus bilan bosh chayqatardi, boshqa kofirlar ham hayronu lol edilar. Hattoki qon 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish