CLXXV
Talab yo'li borasida munojot
Yo Alloh! Barcha mavjudot senga intiladi, sen ularga matlubsan ham muhabbat ahliga
mahbubsan! Ikki olamdagi barcha mavjudot seni axtaradi, senga moyil bo'lganlar
boshqa narsaga xohish qilishdan o'zlarini chetga tortadilar. Sendan o'zga, garchi u
malak yoki pari bo'lsa-da, tolib bo'lib izlashga arzimaydi. Jannat va kavsar bulog'ini
ham, jannatdagi to'bi daraxtiyu huriarni ham sensiz istash qusurlidir.
Jonu ko'nglimni o'zingga tolib et! Dard ila ishqingga shavqimni g'olib et! Ham menga
talab zavqini vosil qil! Ham yana tilab topmoqni hosil qil! O'zingdan boshqani
ko'nglimdan chiqarib tashla! Unda seni eslashni qalbim huzuriga aylantir!
Do'stlaringiz bilan baham: |