KIRISH
O`zbеkistоn Rеspublikasidagi mustaqil huquqiy, dеmоkratik davlat, erkin fuqarоlik jamiyati qurish yo`lidagi ulkan ishlar insоn mоhiyatini yangidan kashf qilishga, uni o`zligini anglashda imkоniyatlarini ro`yobga chiqarishga va manaviy intеllеktual, aqliy-amaliy rivоjlanishi uchun yangi shart-sharоitlar yaratib bеradi. Bu o`z navbatida insоniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy bоyliklarga, insоnning o`ziga yangicha munоsabat yondоshuvini yuzaga kеltiradi.
Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr bo’sag’asida turar ekan, ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotganlar ham bundan mustasno emas.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta’lim tushunchasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta’riflaydi: “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi” [1].
Ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi modeli yaratildi va uning kelajakdagi “portlash effekti” Yurtboshimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni amaliyotga tadbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Darvoqe, ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da “o’quv- tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogic texnologiyalar bilan ta’minlash” uqtiriladi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilanadi.
Hozirgi kunga kelib, tabiiy fanlar, xususan, fizika fani sohasida axborot texnologiyalari va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzular bayonini tasvirdagi animatsion harakatlar, ya’ni tabiatda o’z ko’zi bilan ko’rish imkoni bo’lmagan fizik jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi 2008 yil 18 fevraldagi 07-1-20 sonli majlis bayoni bilan 2008 – 2009 yillarda ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi XTV ning
yildagi 2008 yilda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash
va ta’im tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish bo’yicha tadbirlarni ijrosini ta’minlash to’g’risidagi 60-sonli buyrug’ini bajarish yuzasidan fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan keng miqyosida foydalanish uslubiga katta e’tibor berganligi hozirgi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
Shu boisdan akademik litsey va kasb- hunar kollejlarda “Optika” bo’limini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo’llab darslarni tashkil qilish uslubini ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman.
Shularni e’tiborga olgan holda, ushbu kurs ishining maqsadi “Optika” bo’limini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rganib chiqishdan iborat bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |