Microsoft Word kurs ishi gat javlon



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#197746
Bog'liq
kurs ishi javlon1(1)



MUNDARIJA 

 

KIRISH.GIS dasturlarida foydalanishning maqsadi.



 ................................................. 4 

KURS ISHINING ASOSIY VAZIFASI.

 .......................................................................... 6 

HUDUD TO’G’RISIDA MA’LUMOTLAR.

 .................................................................. 8 

KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI.

.................................. 10 

XULOSA.


 ................................................................................................................................... 23 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.

 ............................................... 24 

 



KIRISH.GIS dasturlarida foydalanishning maqsadi. 

Birinchi marta geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o‘rtasida 

Kanada davlatida  paydo bo‘lib, Kanada Geografik  Informastiya Tizimi 

(Kanadian  Geographik  Information  System  KGIS)  deb  atalgan. 

Geoaxborot  tizimi  boshqa  adabiyotlarda  to‘liq  nom  bilan  geografik 

axborot tizimi yoki qisqacha GAT deb ham yuritiladi. Tizimning asosiy 

maqsadi Kanada yer resurslarining inventarizastiyasini o‘tkazish va shu 

asosida  yer  resurslarini  mavjud  holati  va  kelajakdagi  potentsialini 

aniqlashdan  iborat  edi.  Hozirda  rivojlangan  davlatlarda  GAT  ko‘pgina 

ijtimoiy  sohalarda,  iqtisodda,  siyosatda,  ekologiyada,  tabiiy  resurslarni 

boshqarish  va  tabiatni  muhofaza  qilishda,  kadastrda,  ilm-fan  va 

boshqasohalarda  qo‘llanilib  kelmoqda.  GAT  bizning  sayoramizga 

tegishli  global,  hududiy,  milliy,  lokal-axborot  turlari:  kartografiya, 

distanstion zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik 

ma’lumotlar,  dala  ekspedistion  materiallarini  kuzatish,  burg‘ulash 

natijalari,  suv  ostini  zondlash  va  hokazolarni  integralashtirgan  holda 

barcha  jabhalarni  egallab  kelmoqda.  GATni  kengroq  rivojlantirishda 

xalqaro asossastiyalar (BMT, EX, va b.), katta-katta davlat uyushmalari, 

vazirliklar,  kartografiya,  geologik  va  yer  tuzish  xizmatlari,  shaxsiy 

firmalar  va  ilmiy  institutlar  qatnashmoqdalar.Ko‘plab  davlatlarda 

maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan bo‘lib, ularning 

vazifalariga:  Geoaxborot  tizimi  va  avtomatlashtirilgan  kartografiya, 

davlat  harbiy  siyosatini  geoinformatikada  formallashtirish,  milliy 

rejalashtirish,  huquqiy  muammolarni  o‘z  ichiga  olgan  geografik 

axborotlarni sir saqlagan holda yig‘ish va tarqatish va boshqa vazifalar 

kiradi.  O‘zbekistonda  1991-92  yillarda  O‘zdavgeologqo’mita  fondi 




tomonidan  Markaziy  Qizilqumning  1:50000  masshtabli  kartografik 

ma’lumotlar  bazasini  yaratishni  o’z  ichiga  olgan  geoaxborot  tizimi 

tuzilgan edi. 1996-99 yillarda “GGP-Kiziltepageologiya” ekspedistiyasi 

bilan hamkorlikda Toshkent shaxri uchun 1:25000 masshtabda, Fargona 

vodiysi  uchun  1:200000  mashtabda  va  O‘zbekiston  uchun  1:1000000 

masshtabli  raqamli  kartalar  Geo-Ekologik  GAT-proyekti  uchun  tuzildi. 

1997-98 yillarda  O‘zbekistonning  1:1000000 va Toshkentning 1:25000 

masshtabli  raqamli  kartalari  tuzildi.  Hozirgi  kunga  kelib  Toshkent 

shaxrining  1:2000  masshtabli  raqamli  kartalari  MAGK  korxonasi 

tomonidan  to‘liq  tuzilib  bo‘lindi.  MAGK  va  Koreya  Respublikasining 

KOIKA  agentligi  o‘rtasida  “O‘zbekiston  Respublikasida  geoaxborot 

tizimi tuzish” loyihasi 2006 yil avgust oyidan boshlab ishga tushdi. Bu 

loyihada Toshkent shaxri va Toshkent viloyati bo‘yicha GAT tizimi va 

ma’lumotlar  bazasini  tuzish  kelishilgan.  Albatta  geoaxborot  tizimini 

tuzish juda ham katta mablag‘ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli 

xalqaro  kreditlarning  o‘rni  katta.  Yana  hozirda  BMTRDning  loyihasi 

bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasida  Geoaxborot  tizimini  yaratish 

bo‘yicha ham ishlar boshlangan. Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali 

komputer  texnologiyalari  rivojlanmagan  zamonda  yashayapsiz.  Siz 

ishlayotgan  vazirlikka  davlat  tomonidan  mavjud  tabiiy  resurslar 

to‘g‘risida  umumiy  ma’lumot  to‘plash  va  shu  asosida  tabiiy 

resurslarning  bugungi  va  kelajakdagi  zahiralarini  aniqlash  vazifasi 

yuklatilgan  bo‘lsin.  Albatta  bunday  ulkan  miqyosdagi  ishni  bajarish 

uchun  sizga  avvalombor  ishonchli  ma’lumotlar,  tajribali  mutaxassislar, 

har  xil  texnologiyalar  va  ularni  tasvirlash  uchun  juda  ko‘p  miqdordagi 

qog‘oz mahsulotlari talab etiladi. 




KURS ISHINING ASOSIY BAJARILISH METODIKASI. 

Kurs  ishi  loyihasini  bajarish  jarayonida  SasPlanet  dasturi 

yordamida  kartografik  asosni  ko’chirib  oldim,  ko’chirib  olganimdan 

so’ng  ularga  mavzu  bo’yicha  shartli  belgilarni  va  legendalarni 

shakilantirdim.  ArcCatalog  dasturi  yordamida  chiziqli,  maydonli  va 

nuqtali  qatlamlarni  shakilantirib  oldim.  So’ngra  ArcGIS  ilovasida 

kartografik  asos  va  ArcCatalog  da  tuzilgan  bazadan  foydalanib 

chegaralarni,  daryo,  yo’l,  ko’l  va  tuman  markazlarini  chizib  oldim. 

Nuqtali  qatlamlarni  ikki  sinfga  ajratdim  tuman  markazi  va  aholi 

punktlariga. Maydonli qatlamni ko’l va suv ombori sinflariga ajratdim. 

Chiziqli  qatlamni  yo’l  va  chegaralar  sinfiga  ajratdim.  Tuman 

chegaralarini  alohida  ajralib  turishi  uchun  xar  xil  ranglar  bilan 

ifodaladim  xar  bitta  tuman  chegarasi  uchun  alohida  rang.  Yo’l,  daryo, 

ko’l, tuman markazi, aholi punkti, suv omborini atributiv ma’lumotlarini 

to’ldirib  chiqdim.  Masalan:  aholi  punktini  nomi,  suv  omborini  nomi, 

chegaradosh tumanlarni nomlarini yozib chiqdim. Yo’lni qora rang bilan 

belgiladim.  Ko’lni  esa  och  xavorang,  suv  omborini  to’q  xavorang. 

Vstavka menyusidan rasmlarni qo’shib olib kerakli joyga kerkli hajmada 

joyladim.  Vstavka  menyusidan  kartaga  sarlavha  yozdim.  Vstavka 

menyusidan  shartli  belgilarni  shakilantirib  oldim  va  kerkli  joyga 

joylashtirdim. GAT ikki tipdagi axborotga birga ishlov berishni nazarda 

tutadi:  

1. Geografik (fazoviy, kartografik) axborot;  

2.  Atritbutiv  (nofazoviy,  semantik,  tematik,  ta’rifiy,  jadvalli)  axborot. 

Geografik  axborot  GATda  ob’yektlarning  fazoviy  o’rnashgan  joyini 

(koordinatalari,  grafik  rasmiylashtirish  elementlari)  ta’riflash  bilan 




ifodalanadi.  Ma’lumotlar  raqamli  shaklda  magni  tasmalarida,  magnit, 

optik  va  “qattiq”  disklarda  bo’ladi  hamda  suratni  ma’lumotlarning  u 

yoki bu modelida vizuallashtirish uchun xizmat qiladi. Misol uchun, uy-

joy  imorati  displeyda  poligon  ko’rinishida  (grafik  qismi)  ifodalanishi 

mumkin,  atributiv  ma’lumotlar  bazasida  esa  uning  maydoni,  pochta 

manzili,  qavatlari  soni,  devorlarining  materiali,  fundamentining  tipi, 

qurilgan yili va h.k.lar joy olgan bo’ladi. 

 

Rasm-2. ArcCatalog yordamida yangi qatlam hosil qilish. 




 

Rasm-3. ArcCatalog yordamida yangi maydonli qatlam hosil qilish. 

 

 

 




 

Rasm-4. Chizishni boshlash redaktor knopkasi orqali. 

 

 

Rasm-5. Chizish kerakli bolgan qatlamni tanlash. 




 

Rasm-6. Chizilgan chziqni atributlarini to’ldirish. 

 

 

Rasm-7. Nuqtali qatlamga o’tib tuman markazini va aholi punktlarini chizish. 




 

 

Rasm-8. Maydonli qatlamga o’tib daryo va suv omborini chizish. 



 

 



 

 

 



Rasm-9. Atributiv ma’lumotlarini to’ldirish. 

 



 

 

 



 

 

 



Rasm-10. Maydonli qatlamni sinflarga ajratish. 


 

 

Rasm-11. Maydonli qatlamni suv ombori va ko’l sinflariga ajratish. 



 

 

Rasm-12. Tuman markazi va aholi punktlarini nomlarini chiqarish. 




 

 

 



 

 

Rasm-13. Nuqtali qatlamni tuman markazi va aholi punkti sinflariga ajratish. 




 

 

 



 


 

Rasm-14. Xaritaga sarlavha qo’yish(vstavka menyusi orqali) 

 

 

Rasm-15. Shartli belgilarni joylashtirish. 




 

 

Rasm-16. G’ijduvon irrigatsiya va melioratsiya xaritasi. 



 

 

Rasm-17. Shartli belgilar. 



 

 



XULOSA. 

G‘ijduvon tumani iriigatsiya va melioratsiya xaritasini   zamonaviy 

ArcGIS  dasturi  yordamida  statistik  ma’lumotlardan  va  kartografik 

asosdan  foydalanib  raqamli  xaritasini  yaratdim.  ArcGIS  yordamida 

kartalarni  raqamli  modelini  yaratish  mumkin.  Ko’chaga  chiqmagan 

holda  kartalarni  shakilantirish,  statistik  ma’lumotlardan  foydalanib 

diagrammalar yaratish mumkin. Xaritalarni uch o’lchamli modeliniham 

yaratish  mumkin.  Eng  asosiysi  soda  va  qulay  dastur  hisoblanadi, 

o’rganishga  oson.  ArcGIS  dasturi  navigatsiya,  transport,  qurilish, 

geologiya,  harbiy  ishlar,  iqtisodiyot,  ekologiya  va  boshqa  sohalarda 

keng  qoʻllanilmoqda.  ArcGIS  yer  tuzishda,  turli  tizim  kadastrlarida, 

kartografiyada  va  geodeziyada  keng  qoʻllanilmoqda,  chunki  katta 

hajmdagi  statistik,  fazoviy,  matnli,  grafikli  va  boshqa  koʻrinishdagi 

maʼlumotlarni  qayta  ishlash  va  ularni  tasvirlashni  mumkin.  Ishlab 

chiqarishga  borganimda  GIS  dasturida  o’rgangangan  bilimlarimni 

qo’llayman. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish