Microsoft Word Курбониёзова Нодира Maxmudovna



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#268291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
kasb hunar kolleji oquvchi qizlarini mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari

                                                              KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi. Respubikamizda yoshlarni jamiyat rivojiga munosib 

hissa  qo`sha  oladigan,  yaratilayotgan  shart-sharoitlardan  oqilona  foydalanuvchi, 

o`z  mustaqil  fikriga  ega,  ijodiy  izlanuvchi,  kuchli  irodali,  g`oyaviy  e`tiqodli, 

ma`naviyati  yuksak,  pok  vijdonli  shaxs  qilib  kamol  toptirish,  buyuk  kelajagimiz 

poydevorini  yanada  mustahkamlovchi  yosh  kadrlarni  tayyorlash  muhim  va 

mas`uliyatli vazifaga aylangan.          

Mamlakatimiz 

hayotning 

barcha 

tomonlarini 

demokratlashtirish 

va 


insonparvarlashtirish,  o`zbek  xalqi  madaniy  kuch-qudratini  ma‘naviy  jihatdan 

tiklash,  g`oyaviy  jihatdan  yangilash  va  anglashdan  iborat  muhim  vazifalarni  olg`a 

surmoqda.  Bu  borada  1997  yil  29-avgustda  O`zbekiston  Respublikasining  Oliy 

Majlisida  "Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi"  va  "Ta‘lim  to`g`risida"gi  Qonun 

qabul  qilindi.  Bu  hujjatlar  ta‘lim  sohasida  muhim  burilish  yasadi.  Unda  ta‘lim 

sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  prinsiplari,  ta‘lim  tizimi,  uning  boshqaruv 

tarkibi,  o`qituvchi-pedagoglarning  huquq  va  burchlari,  ta‘lim  sohasidagi  bosh 

maqsad  –  demokratik,  insonparvarlik  tamoyillarini  qaror  toptirish,  xalq  milliy 

an‘analari  va  urf-odatlari,  shuningdek,  umumbashariy  qadriyatlar  asosida  ta‘lim-

tarbiya mazmunini tubdan yangilash, pedagogik jamoalar tashabbuskorligiga keng 

imkoniyat yaratishdan iborat ekanligi ta'kidlangan. [2.b.24]

  

Mamlakatimizda  qabul  qilingan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  uzluksiz 



ta`lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi  va  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining 

tarkibiy qismlaridan biri, uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-tarbiya jarayonining hamma 

bosqichlarini  qamrab  oladi  hamda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  uchun  shart-

sharoitlar 

yaratadi. 

deb 


ta`kidlanadi. 

Mazkur 


dasturda 

ta`limning 

ustuvorligi,ta`limning  demokratlashuvi,ta`limning  insonparvarlashuvi,  ta`limning 

ijtimoiylashuvi,  ta`limning  milliy  yo`naltirilganligi,  ta`lim  va  tarbiyaning  uzviy 

bog`liqligi,  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash  va  yuqori  darajada  bilim  olishlari  uchun 

shart-sharoitlar  yaratish  kabilar  uzluksiz  ta`limni  tashkil  etish  va  rivojlantirish 

prinsiplari o`z ifodasini to`liq topgan. [41b.85]

 



 

 

4



I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida shunday so’zlarni 

ta’kidlaydilar:  “Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  kelajagimiz  poydevori  bilim 

dargohlarida  yaratiladi,  boshqacha  aytganda,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday 

bo’lishi  farzandlarimizning  bugun  qanday  ta’lim  va  tarbiya  olishiga  bog’liq” 

[15.b.60].  

      Hurmatli  Prezidentimizning  sog'lom  avlodni  voyaga  yetkazish,  shuningdek, 

ularni  zamonaviy  intelektual  bilimlarga  ega  bo'lgan,  XXI  asr  talablariga  javob 

beradigan barkamol, yetuk shaxslar bo'lib yetishishi uchun zarur bo'lgan imkoniyat 

va  sharoitlarni  yaratishga  qaratilgan    2014  yil  6  fevraldagi  “O'zbekiston 

Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan 

qo'shimcha  chora-tadbirlar  to'g'risidagi”  PQ-2124-sonli  Qarorining  qabul  qilinishi 

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol 

ishtirokini  ta'minlash,  yuksak  ma'naviyatli,  mustaqil  va  erkin  fikrlaydigan, 

zamonaviy  ilm-fan  yutuqlarini  puxta  o'zlashtirgan  har  tomonlama  sog'lom  va 

barkamol  avlodni  voyaga  yetkazishga  qaratilgan  ta'lim-tarbiyaviy  ishlar 

samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.[18.b.124] 

Respublikamizda yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish, tizimli ta`limni amalga 

oshirish  uchun  umumiy  qonun-qoidalar,  pedagogik  texnologiyalar,  pedagogik 

mahorat,  ijodkorlik  va  tashkilotchilik  qobilyatini  ham  mukammal  shakllantirishni 

talab  etadi.  O`quvchilar  qiziqish  va  qobilyatlarini  ro`yobga  chiqarishlari  uchun 

keng  imkoniyatlar  yaratib  berildi.  Bugungi  kunda  O’zbekiston  aholisining  62 

foizini bolalar o’smirlar, xullas 30 yoshgacha bo’lgan yigit qizlar, ularning ma’lum 

qismini  esa  mustahkam  yosh  oilalar  tashkil  etadi.  Mustahkam  yosh  oila  jamiyat 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy-ma’naviy  yangilanishi  va  yuksalishini  muhim 

subyektlaridan  bo’lib,  jamiyatda  ro’y  berayotgan  murakkab  jarayonlarga  o’z 

ta’sirini  o’tkazishda  va  taraqqiyotni  harakatda  keltirishida  muhim  ro’l  o’ynaydi. 

Mustaqillik  tufayli  jamiyatimizda,  ayniqsa  uning  ma’naviy-axloqiy  va  ruhiy 

dunyoqarashiga  sezilarli  darajada  ta’sir  etayapdi.  Shuning  uchun  hozirgi  vaqtda 

yosh  oilalarning  ma’naviy-axloqiy  va  ruhiy  olamini  shakllantirish  va 



 

 

5



rivojlantirishni  chuqur  va  atroflicha  tahlil  etish  ham  ilmiy  ham  amaliy  jihatdan 

katta ahamiyat kasb etadi. 

Muayyan ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omillar orasida mazkur 

jamiyatning quyi bo’g’ini  xisoblangan oilalarning  mustahkamlligi,  ularda sog’lom 

ruxiy  muhitning  qaror  topganligi,  oilalarda  jismonan  sog’lom  farzandlarning 

dunyoga  kelayotganligi,  ularning  ma’naviy  yetuk  shaxs  bo’lib  tarbiyalanishlari 

yo’lida  tashkil  etilayotgan  oila  tarbiyasining  samaradorligi  kabi  omillar  muhim 

o’rin  tutadi.  O’zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy  siyosiy  mustaqilligining  dastlabki 

yillaridayoq  mustahkam  oilalarni  shakllantirish,  onalik  va  bolalikni  ijtimoiy 

jihatdan  muxofaza  qilish,  oilalarda  jismonan  sog’lom,  ruxan  baquvvat  bo’lgan 

farzandlarning  dunyoga  kelishi  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yaratish,  samarali 

ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o’rtasida 

mustahkam  hamkorlikni  yuzaga  keltirish  masalalarini  ijobiy  xal  etishga  alohida 

e’tibor  qaratildi.  1993  yilning  fevral  oyida  “Sog’lom  avlod”  ordenining  ta’sis 

etilishi  hamda  “Sog’lom  avlod”  Davlat  dasturi”  ning  qabul  qilinganligi 

fikrimizning yorqin dalilidir. 

Mustahkam  oilalarni  shakllantirish,  ularda  sog’lom  ruxiy  muhitni  qaror 

toptirish, 

oila 

tarbiyasining 



samaradorligini 

oshirish, 

oila 

muhitida 



tarbiyalanayotgan  farzandlarning  har  jihatdan  yetuk,  barkamol  bo’lib  voyaga 

yetishlariga  alohida  ahamiyat  berish,  bu  yo’lda  oila  hamda  jamoatchilik 

hamkorligiga erishish, oilalarni  ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlash  masalalari bir 

qator  me’yoriy  xujjatlar  mazmunida  o’z  aksini  topgan.  Xususan,  2000  yil  24 

fevralda “Sog’lom avlod” Davlat dasturi talablarining hayotga joriy etilishi hamda 

bajarilishi  yo’zasidan  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  muvofiqlashtirish  va  nazorat 

qilish Respublika  Komissiyasining Oqsaroy qarorgohida bo’lib o’tgan  yig’ilishida 

O’zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti    I.A.Karimov  tomonidan  so’zlangan 

nutqda  “Sog’lom  avlod”  Davlat  dasturi  talablarini  amalga  oshirish  jarayonida 

alohida  e’tibor  qaratilishi  lozim  bo’lgan  jihatlar  xususida  so’z  yuritilar  ekan,  bu 

jarayonda  quyidagi  xolatlarning  ustuvor  yo’nalishlar  sifatida  e’tirof  etilishi 

lozimligiga urg’u berildi: 




 

 

6



-  balog’at  yoshiga  yetgan  qizlarni  ta’lim  muassasalarida  tahsil  olayotgan 

davrlaridanoq oilaviy hayotga psixologik, jismoniy  va tibbiy jihatdan tayyorlashni 

yo’lga  qo’yish,  ta’lim  muassasalarida  maxsus  dasturlar  asosida  muayyan  fan 

(kurs)larning o’qitilishini tashkil etish; 

-  oila  qurish  ikki  yosh  o’rtasidagi  shaxsiy  ish  emas,  balki  butun  ijtimoiy 

jamiyat  hayotiga  daxldor,  aloqador  masala  ekanligi,  shu  bois  yoshlar  ongida 

“Sog’lom  oila”  tushunchasini  qaror  toptirish,  ular  o’rtasida  sog’lom  farzandning 

dunyoga  kelishini  ta’minlovchi  omillar,  ikki  yoshning  bir-birlariga  tibbiy  hamda 

jismoniy  jihatdan  mosligi  mustahkam  oilani  shakllantirishning  sharti  ekanligi 

to’g’risidagi ma’lumotlarni targ’ib qilish; 

-  ikki  yoshning  tibbiy  hamda  jismoniy  jihatdan  bir  biriga  mosligi  xolatini 

o’rganish. 

Yoshlarni  mustaqil  oilaviy  hayotga  tayyorlashga  yo’naltirilgan  faoliyatning 

samarali  tashkil  etilishi  bir  qancha  ijtimoiy  muammolarning  ijobiy  hal  etilishiga 

o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jumladan: 

1.    Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi. 

2.  Jamiyatning  ijtimoiy  iqtisodiy  taraqqiyotining  yuqori  bosqichga 

ko’tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

3.    Mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog’lom ruxiy muhitni qaror 

toptirish,  oila  tarbiyasini  samarali  tashkil  etish,  farzandlar  tarbiyasida  muayyan 

muvaffaqqiyatlarga erishish, oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin 

hozirlaydi. 




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish