Korxonani boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o`tish va jamiyatning demokratik tamoyillari kuchayishi, turli korxonalarning - yirik va kichik korxonalarning, shuningdek, xodimlar soni 20 kishigacha bo`lgan mikrofirmalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqda.
Amaliyotdan shu narsa ma`lumki, korxona turi boshqaruv apparatining shakllanishi va tashkiliy tuzilmasiga sezilarli ravishda ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`rta va ayniqsa, kichik korxonalar uchun yirik korxonalarning boshqaruv tuzilmasini ko`r- ko`rona ko`chirib olish maqsadga muvofiq emas. Bu qimmatga tushishi va ko`p meqnat talab qilishidan tashqari ma`nosiz qamdir. SHu sababli o`rta va kichik korxonalarning moslashuvchanligi, qarakaatchanligi va bozor kon`yunkturasiga ta`siri ularning tashkiliy tuzilmasi soddaroq va optimal tarzdaligi bilan asoslab beriladi. Kichik korxonalarda asosan yirik korxonalarga xos bo`lgan katta funktsional bo`lim va xizmatlar mavjud bo`lmaydi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish sharoitlarida aktsionerlik korxonalarini (jamiyatlarini) boshqarishga katta qiziqish uyg`ongan. Bunday korxonalarning jamoalari ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmani boshqarishda ishtirok etadi. YAkka boshqaruv tamoyillariga asoslangan davlat korxonalaridan farqli ravishda aktsionerlik korxonalari (jamiyatlari) boshqaruv shakli, usuli va tuzilmasini o`zlari mustaqil ravishda tanlaydilar, ishlab chiqarish faoliyati siyosati va shtatlarini belgilaydilar.
Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)da kuzatuv kengashi, boshqarma va aktsionerlarning umumiy yig`ilishi boshqaruv organi vazifasini bajaradi. Ularning faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar ququqini qimoya qilish to`g`risida”gi qonuniga, shuningdek, boshqa ququqiy- normativ qujjatlarga, jumladan, aktsiyadorlik jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta`sischilar tarkibiga bog`liq bo`lgan-ta`sischilar kengashi muqim o`rin egallaydi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida ta`sischining eng kam soni belgilanmagan, yopiq turdagi aktsiyadorlik korxonalarida esa ta`sislarning eng kam miqdori uch kishi qilib belgilangan. Bundan tashqari ularning qar biri aktsiyador bo`lishi shart.
Ta`sischilar aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ning raqbarini tayinlaydilar qamda bu raqbar keyinchalik aktsiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyati bo`yicha barcha xatti-qarakatlarni bajaradi va buning uchun javobgar qisoblanadi. Aktsiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda kuzatuvchilar kengashi muqim o`rin tutadi qamda quyidagi ququqlarga ega bo`ladi:
korxona faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash;
aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig`ilishlarini chaqirish;
aktsiyadorlarning umumiy yig`ilishi kun tartibini tayyorlash;
umumiy yig`ilishda qatnashish ququqiga ega bo`lgan aktsiyadorlar ro`yxatini
tuzish;
korxona (jamiyat) Nizomiga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish masalasini kiritish;
korxonaninng Nizom jamg`armasini e`lon qilingan aktsiyalar turi va miqdoriga ko`ra, aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko`paytirish;
obligatsiya va qimmatbaqo qog`ozlarni joylashtirish;
korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;
ijroiya organi raqbari (direktor, boshqarma raisi) va a`zolarini tayinlash;
jamiyat nomidan xodimlarni ishga yollash bo`yicha meqnat shartnomalarini
tuzish;
ijroiya organiga to`lanuvchi mukofot, rag`batlantirish va kompensatsiyalar
qajmini belgilash;
jamiyatning zaqira va boshqa jamg`armalaridan foydalanish;
aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ning sho``ba bo`limlari va vakolatxonalarini ochish;
jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa masalalarni qal qilish.
Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni echish jamiyatning ijroiya organiga o`tkazilishi ijroiya organi a`zolari kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas. Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi qamda saylov davomida eng ko`p ovoz olgan shaxs kengash a`zoligiga nomzod qisoblanadi.
Jamiyatning moliyaviy va xo`jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish qay`ati muqim o`rin egallaydi. Ushbu xay`at a`zolari umumiy yig`ilish tomonidan aktsiyadorlar qamda korxonaning aktsiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar orasidan saylanadi. Xay`at boshqaruvning moliyaviy-xo`jalik faoliyati nazoratini doimiy ravishda yoki umumiy yig`ilish, kuzatuv kengashi, korxona aktsiyalarining 10% dan ko`prog`iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruq aktsiyadorlarning, shuningdek, o`z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish qay`atining xulosalari aktsiyadorlik korxonasining yillik qisoboti va balansini tasdiqlashda katta aqamiyatga ega.
Ochiq turdagi aktsiyadorlik korxonasi(jamiyati)ni boshqarishning namunaviy tuzilmasini 4.7. - chizma ko`rinishida aks ettirish mumkin.
Àêöèÿäîðëàðíèíã óìóìèé éè\èëèøè (êîíôåðåíöèÿñè)
Êóçàòóâ êåíãàøè
Áîø=àðìà
Òàôòèø ùàéúàòè
Áîø=àðóâ ðàèñè (äèðåêòîð)
Ðàèñ ìóîâèíè (òèæîðàò äèðåêòîðè)
Bo`lim va xizmatlar
Ðàèñíèíã áîø ìóîâèíè (èøëàá ÷è=àðèø áûéè÷à äèðåêòîðè)
Ðàèñ ìóîâèíè (òåõíèê äèðåêòîð)
È=òèñîäèé òàùëèë
Èøëàá ÷è=àðèøíè òàøêèë =èëèø
Ìàðêåòèíã
Áóõãàëòåðèÿ ùèñîáè âà ìîëèÿ
Òàø=è êîîïåðàöèÿ
Òåõíèê õèçìàò êûðñàòèø
Õàðèäëàð âà áàùîíè øàêëëàíòèðèø
È÷êè õèçìàò êûðñàòèø
Ìàúëóìîòëàð
Èøëàá ÷è=àðèø öåõëàðè âà ó÷àñòêàëàðè
Øûúáà êîðõîíàëàð âà ôèëèàëëàð
4.7.-chizma. Aktsiyadorlik korxonasini boshqarishning na`munaviy tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |