3. Ikki opokada qolip tayyorlash.
Ikki opokada qolip
tayyorlashda ketma-ket bajariladigan ishlar bilan tanishib
chiqaylik.
36-rasm.
Shablon yordamida qolip tayyorlash sxemasi:
1 – podpyatnik; 2 – shpindel; 3 – planka; 4 va 6 – shablon;
5 – mahkamlash vinti.
126
37-rasm.
Quyma zagotovkasini tayyorlash:
a – detal chizmasi; b – zagotovka chizmasi; d – model;
e – sterjen yashigi; f – sterjen.
37-rasm, a da keltirilgan po‘lat shesternya quymasidan
bir necha dona olish talab etilsin, deylik. Bunday quymalarni
tayyorlashdan avval uning chizmasidan, materiali, shakli,
o‘lchamlari, yuza g‘adir-budurlik sinflari va boshqa
ko‘rsatkichlari bilan tanishib chiqiladi.
Bunday quyma qolipini qo‘lda qumli gil materiallaridan ikki
opokada tayyorlash texnika-iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lsin
deylik. Buning uchun dastavval zagotovka eskizini
chizamiz (37-rasm, b). Metallni qolipga sovib qotishida
kirishuv qiymati va quymani mexanik ishlovlarga
beriladigan yuzalar qo‘yimi hisobga olinib, ular hisobiga
quyma tashqi o‘lchamlari kattalashtiriladi, teshik esa
kichraytiriladi. Keyin esa quyma zagotovka chizmasi asosida
model (qolip qolipi), sterjen yashigi (sterjen qolipi), qolipga
metallni kirituvchi quyish tizimini model elementlari,
o‘lchamlari aniqlanib, chizmalari chiziladi (37-rasm, d) va
chizmalar bo‘yicha sifatli quruq yog‘ochdan ular
tayyorlanadi. Model, sterjen yashik quyish tizimini modellari
tayyorlangach, keyin qumli gil materiallardan qolip
127
tayyorlashga o‘tiladi.
38-rasmda (sxematik tarzda) quyma qolipini tayyorlash
operatsiyalari keltirilgan:
l. Qoliplash yeri tekislangach, brusoklar qo‘yilib unga
model taglik taxtasi (1) gorizontal qilib qo‘yiladida, ustiga
oziqlantirgich modeli 2’ li model (2) o‘rnitiladi (38rasm, a).
2. Model taglik taxtaga o‘rnitilgan pastki opoka (3) ga
model kiritiladi. Keyin model sirtiga avval qoplama mate-
rial, keyin uning ustiga to‘ldirgich qolip materiali solinib
opoka to‘ldirilib, shibbalanadi. Ortiqcha material chizg‘ich
(9) bilan sidirib tashlanib, sim (4) bilan bir necha gaz
chiqirish teshiklari (5) ochiladi (38-rasm, b).
3. Opoka taglik taxta bilan yopilib, 180° ga aylantirilib,
tekis yerga qo‘yiladi-da, ustidagi model taxta olinadi.
So‘ngra ta’minlagich modeli 2’ ga shlak tutkich modeli (7),
unga esa stoyak modeli biriktirilib pastki opokaga ustki
opoka (5) qo‘yilib, shtirlar (6) bilan mahkamlanadi. So‘ngra
modellar sirtiga yupqa qilib qum kukuni sepiladi (38-rasm,
d).
4. Ustki opoka ham xuddi pastkisi singari qolip materiali
bilan to‘ldirilib, shibbalangach ortiqcha qolip materiali
sidirilib, gaz chiqarish teshikchalari ochiladi (38-rasm, e).
Keyin stoyak modeli bo‘ylab metall quyish kosachasi
ochilib, stoyak asta-sekin qimirlatilib chiqariladi. Ustki
opoka pastki opokadan ajratilib, 180° ga aylantirilib yerga
quyiladi-da, undan shlak tutkich modeli ajratiladi.
5. Pastki opokadan model ta’minlagich modeli bilan
birga asta-sekin qimirlatib ajratiladi (38-rasm, f).
6. Qolip bo‘shlig‘iga biroz kvars kukuni sepilib, sterjen
(10) o‘z joyiga o‘rnatiladi (38-rasm, g).
7. Ustki opoka pastki opokaga qo‘yilib, shtirlar bilan
biriktiriladi. Shunday qilib olingan qolipga metall quyish
mumkin.
128
Qoida qolip tayyorlashda ish unumining pastligi, qolip
materiallarining bir tekis zichlanmasligi, malakali ishchilar
talab etilishi va boshqalar qoliplash mashinalarni yaratilishi
va ulardan keng foydalanishni taqozo etdi. Mashinalarda
qoliplar tayyorlashda og‘ir ishlarni mashina bajarib, bu
qoliplarda olingan quymalar aniq o‘lchamli, tekis yuzali
bo‘lib, mexanik ishlovlarga belgilangan qo‘l mehnati
kamayadi va metall tejaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |