Ikki opokada qolip tayyorlash. Ikki opokada qolip tayyorlashda ketma-ket bajariladigan ishlar bilan tanishib chiqaylik.
rasm. Shablon yordamida qolip tayyorlash sxemasi: 1 – podpyatnik; 2 – shpindel; 3 – planka; 4 va 6 – shablon;
5 – mahkamlash vinti.
rasm. Quyma zagotovkasini tayyorlash:
a – detal chizmasi; b – zagotovka chizmasi; d – model; e – sterjen yashigi; f – sterjen.
rasm, a da keltirilgan po‘lat shesternya quymasidan bir necha dona olish talab etilsin, deylik. Bunday quymalarni tayyorlashdan avval uning chizmasidan, materiali, shakli, o‘lchamlari, yuza g‘adir-budurlik sinflari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan tanishib chiqiladi.
Bunday quyma qolipini qo‘lda qumli gil materiallaridan ikki opokada tayyorlash texnika-iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lsin deylik. Buning uchun dastavval zagotovka eskizini chizamiz (37-rasm, b). Metallni qolipga sovib qotishida kirishuv qiymati va quymani mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar qo‘yimi hisobga olinib, ular hisobiga quyma tashqi o‘lchamlari kattalashtiriladi, teshik esa kichraytiriladi. Keyin esa quyma zagotovka chizmasi asosida model (qolip qolipi), sterjen yashigi (sterjen qolipi), qolipga metallni kirituvchi quyish tizimini model elementlari, o‘lchamlari aniqlanib, chizmalari chiziladi (37-rasm, d) va chizmalar bo‘yicha sifatli quruq yog‘ochdan ular tayyorlanadi. Model, sterjen yashik quyish tizimini modellari tayyorlangach, keyin qumli gil materiallardan qolip
tayyorlashga o‘tiladi.
rasmda (sxematik tarzda) quyma qolipini tayyorlash operatsiyalari keltirilgan:
l. Qoliplash yeri tekislangach, brusoklar qo‘yilib unga model taglik taxtasi (1) gorizontal qilib qo‘yiladida, ustiga oziqlantirgich modeli 2’ li model (2) o‘rnitiladi (38rasm, a).
Model taglik taxtaga o‘rnitilgan pastki opoka (3) ga model kiritiladi. Keyin model sirtiga avval qoplama mate- rial, keyin uning ustiga to‘ldirgich qolip materiali solinib opoka to‘ldirilib, shibbalanadi. Ortiqcha material chizg‘ich
bilan sidirib tashlanib, sim (4) bilan bir necha gaz chiqirish teshiklari (5) ochiladi (38-rasm, b).
Opoka taglik taxta bilan yopilib, 180° ga aylantirilib, tekis yerga qo‘yiladi-da, ustidagi model taxta olinadi. So‘ngra ta’minlagich modeli 2’ ga shlak tutkich modeli (7), unga esa stoyak modeli biriktirilib pastki opokaga ustki opoka (5) qo‘yilib, shtirlar (6) bilan mahkamlanadi. So‘ngra modellar sirtiga yupqa qilib qum kukuni sepiladi (38-rasm, d).
Ustki opoka ham xuddi pastkisi singari qolip materiali bilan to‘ldirilib, shibbalangach ortiqcha qolip materiali sidirilib, gaz chiqarish teshikchalari ochiladi (38-rasm, e). Keyin stoyak modeli bo‘ylab metall quyish kosachasi ochilib, stoyak asta-sekin qimirlatilib chiqariladi. Ustki opoka pastki opokadan ajratilib, 180° ga aylantirilib yerga quyiladi-da, undan shlak tutkich modeli ajratiladi.
Pastki opokadan model ta’minlagich modeli bilan birga asta-sekin qimirlatib ajratiladi (38-rasm, f).
Qolip bo‘shlig‘iga biroz kvars kukuni sepilib, sterjen
o‘z joyiga o‘rnatiladi (38-rasm, g).
Ustki opoka pastki opokaga qo‘yilib, shtirlar bilan biriktiriladi. Shunday qilib olingan qolipga metall quyish mumkin.
Qoida qolip tayyorlashda ish unumining pastligi, qolip materiallarining bir tekis zichlanmasligi, malakali ishchilar talab etilishi va boshqalar qoliplash mashinalarni yaratilishi va ulardan keng foydalanishni taqozo etdi. Mashinalarda qoliplar tayyorlashda og‘ir ishlarni mashina bajarib, bu qoliplarda olingan quymalar aniq o‘lchamli, tekis yuzali bo‘lib, mexanik ishlovlarga belgilangan qo‘l mehnati kamayadi va metall tejaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |