Birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori. Birlamchi bo-
zor – bu ko‘chmas mulk tovar sifatida birinchi bor bozorga tushadigan
iqtisodiy vaziyat. Xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi-
dan bozor iqtisodiyotiga o‘tish va xususiylashtirishni amalga oshirish
sharoitida ko‘chmas mulk bozorida asosiy sotuvchi bo‘lib, o‘z boshqa-
ruv organlari orqali davlat ishtirok etadi.
Ikkilamchi bozor – ko‘chmas mulkning ilgari iste’molda bo‘lgan
va ma’lum bir mulkdorga – jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘l-
gan tovar sifatida bozorga taqdim etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |