63
lash tajribasi ushbu aktivlarga vositalarni kiritishning ishonchli uskuna-
larini ishlab chiqqan.
Pulni topishgina emas, balki uni saqlash va ko‘paytirish ham qiyin.
Aynan xorijiy ko‘chmas mulkka kapital kiritish investorga nafaqat o‘z
vositalarini himoya qilishga, balki yaxshigina
ishlab olish imkonini ham
yaratadi.
Xorijiy ko‘chmas mulkka investitsiyalashning yanada keng
tarqalgan shakli to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalashdir. Bunday inves-
titsiyalashning mohiyati, ko‘chmas mulkni uni ijaraga berish orqali da-
romad topish maqsadida o‘z mulki uchun sotib olish. Ushbu daromadga
erishish uchun, yangi
mulk egasi ijarachini topishi, o‘z mulki holatini
vaqti-vaqti bilan nazorat etib turishi va soliq to‘lashi lozim. Agar gap so-
tib olingan tijorat obyekti haqida ketayotgan bo‘lsa, unda xavfsizlik
talablariga mos ravishda jihozlamoq, masalan, turli signalizasiya va yon-
g‘in xavfsizligi tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha qayg‘urmoq lozim bo‘ladi.
Bir so‘z
bilan aytganda, qo‘shimcha xarajatlarga tayyor turish lozim.
Agar investor ulushli qo‘yilmalardan foydalanishga qaror qilgan
bo‘lsa, bu holatda investitsiyalash xorijdagi ko‘chmas mulk obyektiga
emas, balki maxsus trast fondlariga bo‘ladi. Bu fond mablag‘ qo‘yuvchi-
larning vositalarini to‘playdi, ko‘chmas mulkni sotib oladi, uni ijaraga
beradi va erishilgan foydani paychilar o‘rtasida taqsimlaydi. Bu tarzda,
jamg‘arma egasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalashda
uchrashi mumkin
bo‘lgan, ko‘pgina qiyinchiliklardan qutilib qoladi.
So‘nggi davrda ko‘chmas mulk uchun narxlar ko‘pgina davlatlarda
inqiroz tufayli sezilarli darajada pastladi. Biroq aynan mana shu holat,
bu kabi aktivlarga investitsiyalashni jozibaliroq qilib qo‘ymoqda, chunki
inqiroz boshlanishi va tugashi mumkin, lekin ko‘chmas mulk turaveradi.
Fransiyada ko‘chmas mulkni sotib olishning yuridik rasmiylashti-
ruv ikkinchi bosqichi notarius huzurida xaridor
va sotuvchini tugallovchi
xarid-sotuvi kelishuvni (Acte de Vente) imzolashdir. Mulk yangi sohibga
o‘tadi, sohib esa bu paytgacha ko‘chmas mulk narxining qolgan qismini
notariusga to‘lashi lozim. So‘ngra notarius bu summani sotuvchiga
o‘tkazadi, ammo notariusni tasarrufiga u shartnomani imzolashdan oldin
o‘tishi shartdir. Acte de Venteni xaridor va sotuvchi tomonidan imzolan-
gandan so‘ng,
notarius sotish aktini tuzadi, sotuvchi esa kalitni xaridorga
topshiradi.
Bu etapni o‘zida notarius huzurida, keyinchalik muammolarni ol-
dini olish uchun, xarid qilingan ko‘chmas mulkni me’ros qilish to‘g‘risi-
64
dagi masala ham yechilishi maslahat beriladi. Buning uchun tug‘ilganli-
gi haqida guvohnoma va turmushga chiqqanlik to‘g‘risida guvohnomani
fransuzchaga tarjima qilingan nusxasi zarur bo‘ladi. Me’ros to‘g‘risida
fransuz qonunlari ba’zi ikir-chikirlarini
tushunish imkonini beradi,
chunki ba’zi sabablarga ko‘ra, hujjatlar taqdim etilganda, har doim ham
ushbu me’ros to‘g‘ri kelgan odamga berilavermaydi. Bu kabi masala-
larni yechishni individual yo‘llari mavjuddir, va agar mulkni keyinchalik
me’ros qoldirish istagi bo‘lsa, bitimni tuzishdan oldin zaruriy choralar
ko‘rilishi kerak. Qanday hujjatlar
kerakligini notarius bildiradi, va ushbu
masalani bitimni oxirgi bosqichida inobatga oladi.
Sotuv aktini tasdiqlashdan so‘ng, notarius bir necha kun ichida
ko‘chmas mulkni yangi sohibini maxsus ro‘yxatga olish byurosida ro‘y-
xatdan o‘tkazadi. Yangi sohib majburiy tartibda o‘z ko‘chmas mulkini
sug‘urtalashi lozim. Shartnomani imzolash paytidan boshlab, xaridor mulk
tashkil etuvchi barcha inshootlarni sug‘urta qilish uchun javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: