Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Moliya va ko‘chmas mulk bozorlarining o‘zaro aloqasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

 
1.5. Moliya va ko‘chmas mulk bozorlarining o‘zaro aloqasi  
hamda ko‘chmas mulk investitsiyalash xususiyatlari 
 
Asosiy ko‘chmas mulk bozorining segmentlari yer bozori, turar-
joy va noturar-joy bozorlaridir (ko‘chmas mulkning asosiy turlariga mos 
ravishda). 
Daromadli ko‘chmas mulk bozorlarini alohida ajratish mumkin, 
ular obyektlarning funksional moslanganligi bo‘yicha segmentlanadi: 
-  idora maqsadidagi obyektlar bozori; 
-  tijorat maqsadidagi obyektlar bozori; 
-  ishlab chiqarish – ombor maqsadlaridagi obyektlar bozori. 
Ba’zida mehmonxona xizmati va qurilishi tugallanmagan obyekt-
lar bozorini ham ajratiladi. Tugallanmagan qurilishlar bozorida baho-
lash, obyektlarni sotishda o‘zgacha jarayonlar faoliyat yuritadi. Bunda 
davlat nazorati ulkandir va tugatilmagan obyektini va birlamchi qurilish 
rejasini o‘zgartirish mumkin. 
Sotuvchi va xaridor o‘rtasida bitim obyekti hisoblanuvchi ko‘chmas 
mulkka yuridik huquqlarga bog‘liq ravishda, ko‘chmas mulk bozorini 
sotuv-xarid va ijara bozorlariga bo‘linadi. Sotuv-xarid bozorida mos 
ekvivalent o‘rniga mulk uchun to‘la huquq o‘tkaziladi, bu huquq o‘ziga 
tasarruf qilishni ham oladi. Ijara bozorida bitim obyektiga huquqlarning 
qisman yig‘imi kiradi va ular tasarruf etish huquqini tarkibiga olishmaydi. 


 
41
Har bir segment o‘zicha o‘sadi, chunki alohida ko‘chmas mulk 
bozorlarida, davlat va munisipal mulklarni xususiylashtirish siyosatining 
likvidlik va maxsus xususiyatlarida, qonuniy va normativ bazalarida 
farqlar mavjud.  
Ko‘chmas mulk bozorining xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
– mahalliylik (obyektlarning o‘zgarmas joylashuvi oqibati); 
– obyektlarning past darajadagi almashina olish xususiyati; 
– mavsumiy tebranishlar; 
– bitimlarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish majburiyati; 
– kapitalni ko‘chmas mulkka jalb etish. 
Ularga xarajatlarning uch guruhi kiradi: ko‘chmas mulk obyekt 
tarkibini funksional yaroqli holda saqlash uchun xarajatlar, ko‘chmas 
mulkka egalik qilish uchun yillik soliq, ko‘chmas mulk bitimlaridagi 
yuqori transaksion chiqimlar. 
Ko‘chmas mulk bozorida talab va taklif tebranishi sekin yuz 
beradi. Agar talab bo‘lsa, unda taklif miqdorini ko‘paytirish ko‘chmas 
mulk obyektlarini qurilish davomiyligidan qiyin kechadi. Ortiqcha taklif 
holatida ko‘chmas mulk obyektlari narxi bir necha yil past bo‘lib 
turaveradi. Baholovchi ko‘chmas mulk bozori holati va o‘sishini doimiy 
kuzatib borishi zarur. Bu bozorda talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy 
omillar quyidagilar: 
 iqtisodiylar: aholi va biznesning daromadlari darajasi, moliyaviy 
manbalar yetarliligi, ijara to‘lovlari stavkalarining darajasi, qurilish-mon-
taj ishlari va qurilish ashyolarini qiymati, kommunal to‘lovlarga tariflar; 
 ijtimoiylari: aholi soni, zichligi, ta’lim darajasining o‘zgarishi; 
 ma’muriylari: soliq stavkalari va zonali cheklovlar; 
 ekologik: ko‘chmas mulkni qurib qolish va suv toshqinlariga yo‘li-
qishi mumkinligi, ekologik holatni yaxshilanishi yoki yomonlashuvi. 
MDH mamlakatlarida ko‘chmas mulk bozorining shakllanishi 90 
yillardagi ko‘chmas mulk xususiy mulkchilikda qonunlarni kiritishdan 
keyin mumkin bo‘ldi, buning oqibatida davlat ko‘chmas mulk obyektla-
rining yagona egasi bo‘lishdan to‘xtaydi. 
Ko‘chmas mulk bozorining mavjud xususiyatlari investitsion 
faoliyatga ta’sir etadi (1.2-jadval). 
Ko‘chmas mulk bozorlari turli region va rayonlar uchun bir-
biridan farq qiladi. Bu farqlar ko‘pgina omillarga asoslanadi. Masalan, 
tabiiy va ekologik shartlar, regional huquqiy bazadagi farqlar va b. 


 
42
Davlatning ko‘chmas mulk bitimlarining soliqqa tortilishi bo‘yicha 
yuritgan qat’iy siyosati natijasida, noqonuniy naqd pul aylanmasi dara-
jasi yuqori. Ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan sotish narxlari, ko‘p 
hollarda bitimning real summasi bilan mos kelmaydi. 
Hozirgi vaqtda ko‘chmas mulk bozori anchagina past tezlikda 
rivojlanmoqda. Qonunchilikni mukammal emasligi uning rivojlanishini 
to‘xtatib turgan asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish