18
larning xohishlariga mos ravishda bo‘linadi,
ularga esa ijtimoiy, iqtiso-
diy, davlat va ekologik omillar ta’sir etadi. Ko‘chmas mulk bozori seg-
mentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining umumiy shartlariga
taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi para-
metrlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
1. Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvar-
tiralar va xonalar).
2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo,
sanoat-ishlab chiqarish,
ombor binolari, mehmonxonalar, restoranlar).
3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkatsi, NII binolari).
4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari
(shahar yerlari, qishloq xo‘jalik
va ov yerlari, qo‘riqxonalar, foydali
qazilmalarni qidirish zonalari).
5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi
bo‘yicha chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan cherkov,
aeroport, qamoqxona va boshqalar).
Yer uchastkasi holatiga bog‘liq holda, ko‘chmas mulk bozorini
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
1. Qurilishi tugallangan yer uchastkalari.
2. Keyinchalik tugallanishi mumkin bo‘lgan, qurilishi tugallanma-
gan yer uchastkalari.
3. Keyinchalik tugallanishi mumkin bo‘lmagan, qurilishi tugallan-
magan yer uchastkalari.
Ko‘chmas mulkning foydaliligi xarakteriga bog‘liq ravishda (uni
foyda keltirishlilik imkoniyati) quyidagicha bo‘linadi:
1. Daromadli ko‘chmas mulk.
2. Shartli daromadli ko‘chmas mulk.
3. Daromadsiz ko‘chmas mulk.
Obyektlarning tarqalishi darajasi bo‘yicha:
1. Noyob obyektlar.
2. Kamyob obyektlar.
3. Ko‘p tarqalgan obyektlar.
Regionlarning iqtisodiy faolligi tomonidan:
1. Ko‘chmas mulk faol bozorlari.
2. Ko‘chmas mulkning sust bozorlari.
Tayyorlik darajasi bo‘yicha:
1. Qurilmagan yer uchastkalari.
2. Tayyor obyektlar.
19
3. Qurilishi
tugallanmagan obyektlar
4. Rekonstruksiyaga muhtoj obyektlar.
Keltirilgan har bir ko‘chmas mulk bozorlari, o‘z o‘rnida, mahsus
subbozorlarga bo‘linishi mumkin. Subbozorlar ko‘chmas mulk bahosiga,
boshqarishning qiyinligi, daromad ko‘lami, qiymati tushishi darajasi,
atrofi, boshqa nozik xususiyatlariga nisbatan
xaridorning xohishiga mos
ravishda segmentlashadi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik ko‘chmas mulki
yaylov, chorva mollari fermalari, o‘rmon, ekin yerlari, bog‘ va
qoramol
uchun yaylovlar bozorlariga bo‘linadi.
Muayyan obyekt identifikasiya jarayoni yanada kattaroq bozor
doirasida segmentasiya deyiladi. Bozorni segmentasiyasi jarayoni odatda
ko‘chmas mulk tomonidan mustaqil sinfostiga baholanuvchi obyektning
aniq xususiyatlariga mos ravishda ajratilish bilan ifodalanadi.
Subbozor, xaridor va sotuvchilarning hajm, dizayn,
baho diapazoni,
joylashuvi va boshqaga nisbatan turli xohishlarining aniqlanishi natija-
sida kichik segmentlarga bo‘linadi.
Ko‘chmas mulkning baholovchilari ko‘chmas mulk bozorining geog-
rafik, demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik va ishlab chiqarish xusu-
siyatlarini umumiqtisodiy va regional holatlar kontekstida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: