Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


I bob. KO‘CHMAS MULKNI INVESTITSIYALASHNING TURI



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

I bob. KO‘CHMAS MULKNI INVESTITSIYALASHNING TURI 
VA XUSUSIYATLARI 
 
1.1. Ko‘chmas mulk obyektlari, subyektlari va uning 
segmentatsiyasi 
 
Ko‘chmas mulk – bu kenglikda belgilangan o‘z joyiga ega bo‘lgan 
jismoniy obyektlar va ular bilan ham yer osti, ham yer usti bo‘yicha 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan yoki xizmat ko‘rsatuvchi predmet hisob-
langan barcha narsalar, shuningdek, obyektlarga egalik qilish bilan 
bog‘liq huquqlar, manfaatlar va foydalardir. Jismoniy obyektlar degan-
da, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yer uchastkalari va ularda 
joylashgan qurilishlar tushuniladi. Ko‘chmas mulk fuqarolik huquqlari-
ning obyekti hisoblanadi va u joylashgan yer uchastkalari bilan bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga muvofiq, 
ko‘chmas mulkka «yer uchastkalari va yer osti, ko‘p yillik ekinlar, shu-
ningdek, bino va inshootlar» kiradi. Qonun bilan ko‘chmas mulkka 
boshqa mol-mulk ham kiritilishi mumkin. Ko‘chmas mulkning asosiy 
obyektlari 1.1-rasmda keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-rasm. 
Ko’chmas mulk ob’ektlari 
Sektorlar bo’yisha taqsimlanishi 
Yo’nalishlar bo’yisha taqsimlanishi 
Yer uchastkalari, 
yer osti boyliklari, 
ko’p yillik daraxtlar
Binolar va imoratlar
Inshootlar 
Shaharlar, aholi 
puktlari va qishloq 
xo’jaligi yer 
uchastkalari kabi 
Uy-joy, madaniy va 
ijtimoiy 
yo’nalishdagi 
Sanoat va turli 
kommunikatsiya


 
11
Ko‘chmas mulk (yer uchastkalaridan tashqari) barpo etiladi, foyda-
laniladi va eskiradi. Ko‘chmas mulk: barpo etilish yoki qurilish bosqi-
chida bo‘lgan (qurilishi tugallanmagan); belgilanishiga ko‘ra foydalani-
ladigan; samaraliroq yangi yo‘nalishda foydalaniladigan; ularning eskirishi 
tufayli foydalanishning iloji bo‘lmaydigan obyektlar ko‘rinishida namoyon 
etilishi mumkin. 
«Ko‘chmas mulk bozori» deganda, «tovar almashuvi sohasi tushu-
niladi, «...unda oldi-sotdi jarayoni bilan bog‘liq munosabatlar yuzaga 
keladi va amalga oshiriladi». Ushbu bozor «ma’lum bir mexanizmlar 
to‘plami bo‘lib, ular yordamida mulkka bo‘lgan huquq va u bilan bog‘-
liq manfaatlar bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tadi, narxlar belgilanadi va 
yerdan foydalanuvchi turli raqobatlashuvchi variantlari o‘rtasida kenglik 
taqsimlanadi».  
Ko‘chmas mulk bozori subyektlariga davlat, KMB sotuvchilari va 
xaridorlari, rieltorlar kabilar kiradi.  
Ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasining asosiy funksiyalari va 
uning faoliyatining turlari shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi: 
birinchi guruh – ko‘chmas mulk bozorini o‘rganish; 
ikkinchi guruh – ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarni tayyorlash; 
uchinchi guruh – ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar o‘tkazish. 
Infratuzilmaning birinchi guruh funksiyalarini bajarishdagi faoliyati 
marketing tadqiqotlari, yuridik maslahatlar va axborot xizmatlarini o‘z 
ichiga oladi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish