Jamoaning tarkib topish bosqichi.
Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa
har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki
faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishga
safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi
mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish,
mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus
ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l os-
tidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab
ko’rish bilan qo’shib olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |