Hikmat odobi
poklik va to’g’ri yo’lga etaklaydi.
Xizmat odobi
esa
badavlatlik va obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo’lib, biri aziz
qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Odob rahbarni
aql va axloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof
ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.
Imon
arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki-
shini, xususan rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mum-
kin:
e’tiqodli,
ya’ni o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan
ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan
ishonishdir. Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi;
maslakli,
ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi;
Do'stlaringiz bilan baham: |