Microsoft Word KichikBiznes doc


 Kichik biznes  va   xususiy  tadbirkorlik faoliyatining



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/205
Sana14.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#362403
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

 
1.2. Kichik biznes  va   xususiy  tadbirkorlik faoliyatining 
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari 
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari 
yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo’lgan talab 
va  taklif;  xaridor  sotib  olishi  uchun  tovar  turlarining  mavjudligi;  xaridor 
sotib  olishi  uchun  zarur  pul  hajmining  mavjudligi;  ishchilarning  maoshiga, 
ya’ni  sotib  olish  imkoniyatiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  ishchi  o’rinlari,  ishchi 
kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi. 
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritil-
gan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z ishbilarmonlik operasiya-
larini  moliyalashtirish  uchun  olinishi  mo’ljallangan  kredit  miqdori  iqtisodiy 
sharoitga ta’sir etadi. 
Bu  ishlar  bilan  bozor  infratuzilmasini  tashkil  etgan  turli  tashkilotlar 
shug’ullanadi.  Tadbirkorlar  shunday  tashkilotlar  bilan  aloqa  o’rnatib,  tijorat 
operasiyalarini  amalga  oshiradi.  Moliya  xizmatini  ko’rsatuvchi  banklar,  xo-
mashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, mashina va 
uskunalar,  instrumentlar  bilan  ta’min-lovchilar;  tovarni  xaridorga  yet-
kazuvchi  ulgurji  va  chakana  savdogarlar;  kasbiy,  yuridik  buxgalteriya  xiz-
matlari,  vositachilik  xizmatini  ko’rsatuvchi  firma  va  korxonalar;  ishchilar 
kuchini  yollashda  yordam beruvchi ishga  joylash  agentliklari;  ishchi  va mu-
taxassis  xizmatchilarni  tayyorlayotgan  o’quv  yurtlari;  reklama,  transport, 
sug’urta  agentliklari;  aloqa  va  axborotni  uzatish  vositalari  ushbu  tash-
kilotlar tizimini tashkil etadi. 
Tadbirkorlikning  shakllanishi  ijtimoiy  va  iqtisodiy  sharoit  bilan  cham-
barchas  bog’liq.  Tadbirkorlik  shakllanishining  iqtisodiy  sharoitiga  ijtimoiy 
sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi va modaga 
javob  bera  oladigan  tovarlarni  sotib  olishga  intilishi  bilan  belgilanadi.  Turli 
bosqichlarda ushbu talab o’zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy mu-
hitga bog’liq axloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar 
xaridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. 
Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa,  
o’z navbatida, biznes taklif  etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoit-
iga munosabatiga ta’sir etadi. 


 
  11 
 
Tadbirkorlik  faoliyatining  shakllanishida  ishbilarmon  xodimlarni  tayyor-
lash,  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirish  masalalarini  hal  etish  muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy 
uslublarini o’rganishni tashkil etish, xodimlarni o’qitish va qayta o’qitish, ularni 
rivojlangan  mamlakatlarga  malaka  oshirish  uchun  yuborish,  ishbilarmonlarni 
o’qitish  uchun  o’qituvchilarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  ishlarini  tashkil 
etish, tadbirkorlik sektori uchun xodimlarni tanlash qarab maslahat markazla-
rini  ochish  kerak.  O’zbekiston  Respublikasining    2012  yil  26  aprel,O’RQ-
327-son

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish