“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”
gi Qonun ham qabul qilinishining
asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida oilaviy tadbirkorlikni kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida rivojlantirish uchun
zarur qonunchilik bazasini yaratish, oilaviy biznes uchun huquqiy
kafolatlarni kuchaytirish va yangi ish joylarini tashkil etishdan iborat. Qonun
bilan oilaviy korxona ishtirokchilari aniq ta’riflab berildi, ularni ro’yxatga
olish va tugatishning aniq mexanizmi belgilandi, oilaviy korxonaning in-
fratuzilmaga ulanishi tartibotlari soddalashtirildi. Shuningdek, oilaviy korx-
onalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi soddalashtirilgan
holda amalga oshirilishi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |