Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik va jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to’laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o’rnatilgan bo’lib, mutanosib ravishda olinadi. Masalan, korxona aso- siy fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan undiri- ladigan soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq so’mmasi hisobot yili uchun 4 mln. so’mni (200 mln x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi
ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |