Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Psixologiyada «shaxs» tushunchasi



Download 382,33 Kb.
bet12/94
Sana08.02.2022
Hajmi382,33 Kb.
#435776
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Bog'liq
Kasbiy psixologiya

Psixologiyada «shaxs» tushunchasi.


«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o’rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Psixologiya fanida shaxs muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi.


Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlarga
(aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko’rinishi Z.Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib,
intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi:

  1. sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha);

  2. operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);

  3. muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha);

  4. formal (rasmiy) operatsiyalar davri.

J. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o’zlarining salmoqli hisslarini qo’shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti,
ham sub’ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub’ektidir. K.
K. Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
S. L. Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo’nali- shini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixolo- gik ta’rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi sub’ektga aylanadi». Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin. «Shaxs o’z menligini anglagan, o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga

Download 382,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish