Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 O’qituvchining o’z malakasini oshirib borishining muammolari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet555/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

32.4. O’qituvchining o’z malakasini oshirib borishining muammolari 
Muhimdavlat vazifasini - "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirayotgan zamonaviy 
maktab  o’qituvchisining  xislatlari,  uning  ijodiy  faoliyati  XXI-asrda  shakllanib,  asosan  amaliy  ishda, 
pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o’sib rivojlana boradi. 
Hozirgi  jamiyatimizda  o’qituvchining  mustakil  ravishda  bilimlarni  egallab,  o’z  malakasini 
oshirib  borishi  -  bir  tomondan  o’qituvchilik  faoliyatining  borgan  sari  naqadar  muvaffaqiyatli 
borayotganligini  ko’rsatsa,  ikkinchi  tomondan  muhimvazifa  ekanligidan  dalolat  beradi  -  chunki,  bu 
kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. 
Psixologik  nuqtai-nazardan  o’qituvchi  doimiy  ravishda  o’z  bilimlarini  oshirish  bilan 
shug’ullanishi zarurdir.  Chunki o’qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har 
doim odamlar orasida bo’larkan, u birinchidan, odamlarni ko’pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni 
o’z  qarashlari  bo’yicha  to’g’ri  tushuntirib  berishi  lozim.  Albatta,  o’qituvchidagi  bu  tariqa  qarashlar 
ko’p  yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o’qituvchining 


396 
 
o’zi axborotlar olish uchun o’quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u 
o’ta  tor  doiradagi  tengqurlari  bilangina  muloqotda  bo’lish  imkoniyatiga  ega  bo’lib,  ko’pincha  o’z 
kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi. 
O’qituvchining  mustaqil  bilim  egallashi  deganda,  uning  o’z  bilimlarini  doimiy  ravishda  kasbiy 
va  umummadaniy  axborotlar  bilan  to’ldirib,  o’zining  individual  ijtimoiy  tajribasini  keng  miqyosda 
doimo yangilab borishi tushuniladi. 
Odatda  aksariyat  o’qituvchilar  mustaqil  bilim  egallash  zarurligini  tushungan  holda,  undan 
muvaffaqiyatli  foydalanadilar.  Buning  motivlari  odatda  pedagogik  faoliyat  jarayonida  o’qituvchi 
oldida  yuzaga  keladigan  muammolarni  anglab  olish  natijasida  shakllanadi.  Ko’p  hollarda  bunday 
motivlar o’qituvchilarni qanday o’qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, 
fanning  oxirgi  yutuqlari,  o’zining  pedagogik  mahoratini  takomillashtirish  ehtiyoji  tug’ilishi 
munosabati bilan shakllana boradi. 
Shu bilan birga yaqqol ko’zga tashlanib turgan ayhim hollardan ko’z yuma olmaymiz. Masalan, 
o’qituvchilar ommasining ma'lum qismi mustaqil izlanishda bo’lib, o’z bilim saviyasini oshirish bilan 
faol  shug’ullanmaydi,  malakasini  oshirishga  intilmaydi,  ba'zilar  muayyan  bilimlar  sohasida 
taraqqiyotdan  butunlay  ortda  qolmoqdalar.  Bunday  o’qituvchilar  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodning 
ta'lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar. 
Bu  mammoni  haletishda  asosiy  vazifa  malaka  oshirish  tizimi  zimmasiga  tushadi. 
Respublikamizda  halq  ta'limi  xodimlarining  malakasini  oshirish  instutlarining  tarmoqlari  joriy 
etilgan,bularA.Avloniy  nomidagi  halq  ta'limi  xodimlarining  malakasini  oshirish  markaziy 
instituti,Toshkent  shaharhalq  talimi  xodimlarining  malakasini  oshirish  instituti  va  viloyatlardagi  halq 
ta'limi  xodimlarining  malakasini  oshirish  institutlaridir.  Halq  ta'limidagi  bu  tizimning  asosiy  vazifasi 
doimiy ravishda o’qituvchikadrlarning malakasini oshirish, o’qituvchikadrlarni o’zlarining kasbiga xos 
bilim  saviyasini,  ko’nikma,  malakalarini,  ma'naviyat  va  ma'rifatini,  shu  bilan  bir  qatorda  iktisodiy, 
ekologik  va  huquqiy  ma'lumotini  oshirishga  da'vat  etuvchi  ijtimoiy  psixologik  sohalarni  rivojlantirib 
borishdan iboratdir. 
O’qituvchining  mustaqil  bilim  egallashi  va  malakasini  oshirish  pedagogik  faoliyatning 
samaradorligini oshirishda zaruriy shartlaridandir. 
Sharq  mutafakkirlari  o’qituvchi  o’zi  o’qib  tursagina  -  o’qituvchi  bo’la  oladi,  agar  u  o’qishni 
to’xtatib qo’yar ekan, unda o’qituvchilik ham o’ladi, deb juda haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi 
qanday bo’lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o’qituvchilar 
yaxshilab bilib olishlari lozim. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish