Microsoft Word kartografiya doc


-BOB. KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIK KARTALAR



Download 12,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/112
Sana01.02.2022
Hajmi12,54 Mb.
#421897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
KARTOGRAFIYa (1)

1-BOB. KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIK KARTALAR 
1.1. Kartografiya tarifi va uning tarmoqlari 
Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va xodisalarning joylashishini va ular wrtasidagi wzaro 
bog’liqligini, h’amda ularning xususiyatlarini, vaqt wtishi bilan wzgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi 
modellar vositasida matematik ywl bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan 
tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni wrgatuvchi fandir. 
Kartografiya qadimiy fanlardan biri bwlib, bu fan twg’risidagi dastlabki tarifni miloddan ikki asr ilgari yashagan 
ulug’ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan berilgan desa bwladi. U geografiya fanining vazifasi Er yuzasini 
kartografik jih’atdan tasvirlashdan iboratdir degan edi. 
Vaqt wtishi bilan kartografiya fanining tarifi h’am wzgarib takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha 
kartografiya-geografik kartalar twg’risidagi fan deb, uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan 
foydalanish ywllarini wrgatishdan iborat deb kelingan. 
«Karta» atamasi wrta asrlardan bu
ё
n foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha «chartes» swzidan olinib 
papirus qog’oz varag’i degan tushunchani bildiradi. 
Hozirgi vaqtda «karta» atamasi dun
ё
ning turli davlatlar tillarida ishlatilib kelinmoqda. Masalan, frantsuzcha- 
carte, nemischa-qarte, italyancha va portugalcha-carta, gollandcha -avval va h’.z.lar. Shu bilan bir qatorda 
bu atama wrniga, bir qancha mamlakatlarda boshqa atama yani «mappa» swzini ishlatib, polotoni bir bwlagi 
degan manoni bildiradi. Masalan, inglizlar-map deb ataydilar. Bazi mamlakatlarda ikkala atama yani inglizlar 
«chart» swzini dengiz va aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz kartalarida 
ishlatadilar. Bazi wrinda butunlay boshqa atamalarni-masalan, yaponiyaliklar-tizu, vengerlar-erqep (joy 
tasviri) degan atamani ishlatadilar. 
Bazi manbalarda karta – Er yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb yuritilib kelingan. Haqiqatdan h’am
geografik kartalar matematik ywl bilan h’isoblash natijasida Er ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi 
natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytilganidek, kartalarda voqea va h’odisalar maxsus belgi-obrazli 
modellar 
ё
rdamida tasvirlanadi. Tasvirlana
ё
tgan voqea va h’odisalarning miqdori, sifati, joylashgan wrni va 
boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga 
qarab tasvirlana
ё
tgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, yani generalizatsiya qilingan h’olda tasvirlanadi. 
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bwlib, tasvirlana
ё
tgan h’ududning tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy jixatlarini, voqea va h’odisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning wzaro bog’liqligi va 
h’atto wzgarishini bashorat qilish imkoniyatiga h’am egadir. 
Karta, okean va dengizda suzishda, h’avoda uchishda, turistik say
ё
h’atlarda va h’arbiy soh’ada asosiy ywl 
kwrsatkich bwlib xizmat qiladi. 
Karta xalq xwjaligimizni rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni loyih’alashda, mamlakat 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini twg’ri taqsimlashda va h’ududlarni h’ar taraflama rivojlantirishda foydala-
niladigan asosiy manbalardan biridir. Nih’oyat, geografik karta maktabda wquvchilarga geografiya va tarix 
fanlarini wrganishda asosiy kwrgazmali bilim manbaidir. 
Kartografiya fani kwpgina fanlar, chunonchi georafiya, geodeziya, topografiya, matematika, geoinformatika, 
statistika fanlari bilan uzviy bog’langandir.
Kartografiya, wz navbatida bir necha mustaqil qismlarga bwlinadi: kartashunoslik, kartometriya, matematik 
kartografiya, kartalarni chizish va jih’ozlash, kartalarni tuzish va taxrir qilish, kartalarni nashr qilish, kartalarni 
modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar. 
Kartashunoslik
kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib wtgan tarixiy taraqqi
ё
t ywli, kartalar va 
boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, kartadan foydalanish usullarini, h’ar xil kartografik 
asarlarni tah’lil qilish usullaridan bah’s etadi. 
Matematik kartografiya
geografik kartalar tuzishda ishlatiladigan kartografik proektsiyalarni, yani Er 
ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini wrgatadi. 
Kartometriya 
kartalarda maydon, masofa, h’ajmlarini h’isoblash ywllarini, relefni wrganish natijasida miqdor 
kwrsatkichlar asosida sifat kwrsatkichlarni kwrsatib berish ywllarini wrgatadi. 
Kartalarni loyih’alash va tah’rir qilish 
kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bwlib, kartaning dastlabki 
nusxasini (asil) tuzish va uni tah’rir qilish usullarini tushuntiradi. 


5
Kartani nashr qilish
soh’asi, asosan kartani nashrga tay
ё
rlash va nashr qilish h’amda uni yig’ib, kerak bwlsa 
muqovalash ishlarini wrgatadi.
Tadqiqotni kartografik usuli
wziga xos soh’a bwlib, kartadagi tasvirlangan voqea va h’odisalarni tadqiqot 
qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini wrganish, yani kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish 
masalalari bilan shug’ullanadi. 
Kartografik menedjment
kartografiyada yangi soh’a bwlib, kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va tay
ё
r maxsulotni egalariga etkazib berish va sarf-xarajatlarni, h’isob–kitob 
qilishning yangi usullarini qidirib topish ywllarini wrganadi. 
Geoinformatsion kartografiya
kartografiyada yangi tarmoq bwlib, kartadan informatsiya manbai sifatida 
foydalanish ywllarini wrgatadi. 
Kartografiya juda kwp fanlarni wrganishda foydalanilib, bazi bir soh’alar uchun maxsus kartografiya 
tarmoqlar yaratilgan: Masalan, geologik kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, 
tuproqlar kartografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya va 
h’okazolar. 
Swnggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli mukammal va aniq kartalar 
yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada 
kosmik kartografiya
aloh’ida kurs sifatida wrganilmoqda. 
Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jara
ё
nida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada 
karta tuzish va nashr qilish tezlashib sifati yaxshilanmoqda. 
Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Er tasvirini umumiy nazariyasini va 
undan ilmiy amali
ё
tda foydalanishni wrganuvchi fan geoikonika tez suratlar bilan rivojlanmoqda. 
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televideniyada, gazeta va jurnallarda kartadan 
keng foydalanilmoqda, bu esa kwrsatuvlarning mazmuni, sifati va kwrgazmaliligini oshishiga sabab 
bwlmoqda. Natijada televezion kartografiya shakllanmoqda. 
Kartografiya fanini rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori wrta osi
ё
lik allomalar al Xorazmiy va al 
Beruniylarning xizmatlari kattadir. Dun
ё
kartografiya fanini shakllanishida G’arbiy Evropa olimlari Merkator, 
Sanson, Snelluslar va rus olimlari F.N.Krasovskiy va A.A.
İ
zotovlarning xizmatlari katta. Sobiq 
İ
ttifoq davrida 
kartografiya bwyicha yirik kartografik asarlar yaratildi. Masalan, BSAM (Dun
ё
ning katta sovet atlasi), FGAM 
(Dun
ё
ning tabiiy geografik atlasi), Dun
ё
atlasi va sobiq respublikalarning kompleks atlaslari. Shu jumladan, 
Wzbekistonning 2 tomli ilmiy malumotnomali atlasi, Toshkent atlasi h’amda Wzbekistonning wquv atlaslari. 
Mustaqillikdan swng mamlakatimizda kartografiya h’am boshqa soh’alar kabi rivojlanmoqda. Wtgan wn 
yil ichida respublikani 1:1 mln. masshtabli Ekologik kartasi, iqtisodiy kartasi va bir qancha Wzbekiston wquv 
kartalari chop etildi. 1999 yilda respublikamiz Prezidenti farmoyishi bilan Wzbekiston geografik atlasi 
yaratildi. Unda respublikamizdagi katta iqtisodiy wzgarishlar wz ifodasini topgan. 2000-2001 yillarda 7, 8, 9-
sinflar uchun Wzbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy wquv geografik atlaslari yaratildi. 

Download 12,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish