Microsoft Word kartografiya doc



Download 12,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/112
Sana01.02.2022
Hajmi12,54 Mb.
#421897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
KARTOGRAFIYa (1)

SWZ BOSHI 
Respublikamizning universitetlarida geografiya mutaxassisliklari tay
ё
rlaydigan geografiya fakulteti talabalari 
uchun wqitiladigan fanlar orasida kartografiya aloh’ida wrin egallaydi. Chunki geografik karta va kartografik 
bilimlar talabalarning dun
ё
qarashlarini shakllantirishda, borliqni makon va zamon bilan bog’lab 
tushuntirishda, geografik jara
ё
nlarning tabiiy qonuniyatlarini wrganishda, geografik tadqiqotlarni mukammal 
olib borishda juda qwl keladi, tadbir joiz bwlsa geografiyaning ikkinchi tili h’isoblanadi. 
Geografik karta Er yuzasidagi tabiiy va ijtimoiy voqea va h’odisalarni malum bir vaqtdagi h’olatini maxsus 
belgilar-modellar 
ё
rdamida, matematik ywl bilan kichraytirilib tasvirlangan kwzgudir. Geografik kartasiz biron-
bir h’ududning tabiati, xwjaligi, tarixi va boshqa xususiyatlari twg’risida aniq kwrgazmali malumot olib, 
tasavvur qilish qiyin. 
Wz vatanini va uning h’ududlarini bilish, wrganish uchun dastavval uning kartografik tasviriga ega bwlish 
lozim. Shu sababdan geografik kartalarga bwlgan etibor bugungi kunda tobora oshib bormoqda. Geografik 
karta maktabda va kundalik axborot vositalarida (ayniqsa televideniyada) eng yangi va kwrgazmali 
informatsiya beruvchi manba sifatida keng foydalanilmoqda. 
Tarix fanini wrganishda h’am kartalardan keng foydalanilmoqda. Kartalar takomillashib, atrofimizni wrab 
turgan borliqning universal modeliga aylanmoqda. Respublikamizdagi geograf bakalavrlar tay
ё
rlana
ё
tgan 
barcha oliy wquv yurtlarida kartografiya asosiy fan sifatida wrganiladi. Kartalarning, kartografik bilimlarning 
shunchalik zarurligiga qaramasdan wzbek tilida darslik yaratilmagan. Ushbu darslik shu kamchilikni bartaraf 
etish maqsadida tay
ё
rlandi. 
Darslikni yaratishda kartografiya bwyicha qabul qilingan davlat standarti asos qilib olinib, prof. 
H.Hasanovning ilmiy asarlaridan, prof. K.A.Salishevning «Kartografiya» darsligidan (Moskva, 1982), 
G.Yu.Gryunberg, va boshqalarning «Kartografiya s osnovami topografii» (Moskva, 1991) va 
A.M.Berlyantning «Karta-vtoroy yaz
ı
k geografii» (kniga dlya uchiteley. M.: Prosvisheniya. 1985) wquv 
qwllanmalaridan, h’amda mustaqillikdan swng respublikamizda chop etilgan wquv geografik atlaslaridan 
foydalanildi.
Kitobda h’ozirgi Wzbekiston h’ududi ilk bor aks ettirilgan qadimgi Yunon va Rim kartalari h’aqida qisqacha 
malumot keltirildi. Wrta Osi
ё
olimlari, say
ё
h’larining kartografiya faniga qwshgan h’issalariga, xususan 
Muh’ammad al Xorazmiy, Abu Rayh’on Beruniy, Mah’mud Koshg’ariy, Hofizi Abru tomonlaridan yaratilgan 
kartalarga keng wrin berildi. Shu bilan birga respublikamizda kartografiya soh’asida ish olib borgan kartograf-
olimlarning ishlari, bu soh’ani rivojlantirishga wz h’issalarini qwshgan olimlar h’aqida h’am malumot berildi. 
Xorijiy mamlakatlarning kartografiyani rivojlantirishga katta h’issa qwshgan olimlar twg’risida h’am malumotlar 
keltirildi. Darslikda respublikamizning mustaqillikdan swng kartografiya soh’asida erishgan muvaffaqiyatlari 
va uning istiqbollari h’amda muammolari h’aqida h’am twxtab wtildi. 
Darslikning mazmuni va mundarijasi universitetlarning geografiya fakultetlarida wqitila
ё
tgan «Kartografiya» 
fanining wquv dasturiga muvofiq ba
ё
n etildi. Darslikda fanning qisqacha tarixidan swng ananaviy mavzular, 
kartaning moh’iyati, uning matematik asosi, generalizatsiya jara
ё
ni, kartografik usullar, karta va atlaslarning 
tasnifi berilgan. 
Darslikda aerokosmik usullar va ulardan kartalar tuzishda foydalanishga, kartografiya soh’asidagi swnggi 
malumotlar, tadqiqotning kartografik usuli, geoinformatsion kartografiya, kartografik modellashtirish va karta 
tuzishda kompyuterlardan foydalanish kabi masalalarga aloh’ida etibor qaratilgan. 
Mazkur darslik muallifning Mirzo Ulug’bek nomidagi Wzbekiston Milliy universiteti geografiya fakultetining 
geograf talabalariga 40 yilga yaqin wqigan maruzalarining mah’sulidir. 
Muallif darslikni 
ё
zishda wz maslaxatlari bilan 
ё
rdam bergan dotsentlar M.Asomov, A.Egamberdiev, 
J.Qoraboevlarga va masul muh’arrir geografiya fanlari doktori S.Qoraevga muallif chuqur minnatdorchiligini 
bildiradi. 
Hurmatli kitobxonlar, darslik twg’risidagi qimmatli fikr va muloh’azalaringiz uchun oldindan tashakkur aytib, 
ularni Toshkent, Talabalar shah’archasi, Mirzo Ulug’bek nomidagi Wzbekiston Milliy universiteti Geografiya 
fakultetiga yuborishingizni swraymiz. 


4

Download 12,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish