sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, [bilan] ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. [Bilan] yordamchisining etimologiyasi haqida prof.A.N.Kononov V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning [birlan] so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. [Bilan] yordamchisining [birla], [birlan], [bila], [ila], [-la] shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. CHunonchi, Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Ko‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi;
2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi ;
3) payt ma’nosini: Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi;
4) sabab ma’nosini: Ular: ”Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi… ”, -deyishdi.;
5) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini bir umr unuta olmasam kerak.
[Bilan] ko‘makchisi – keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik,
ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi [bilan] ning
[va], [ham] biriktiruv bog‘lovchicidan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyati bor:
- «birgalik» ma’nosi [bilan] yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o‘yin qildi. Ushbu misoldagi [bilan] o‘rnida [va] ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi.
[va], [ham] bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo [bilan] da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o‘qiydi. Lola ishlaydi ham o‘qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o‘qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. [Bilan] ning grammatik vazifasi – bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, [bilan] boshqa ko‘makchidan farqlanadi. Shuning uchun
[bilan] ko‘makchisini ko‘makchi–bog‘lovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |