“Avesto”ning qadimgi qismlari - “Gatlar” (muqaddas ashulalar,
kuylar) forslarning ahamoniylar davriga qadar qadimiy dinlarini ifoda
etgan.
Eng qadimgi forslarning dunyoqarashi oddiyligi bilan ajralib
turadi. Boshqa Sharq xalqlari singari forslar muqaddas suvlarga
sig‘inishgan. Forslarda oliy tangrining o‘g‘li bo‘lmish olov alohida
e'zozlangan. Olovga sig‘inish odati eronliklarda keng rasm bo‘lib,
uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Eng qadimgi zamonlarda muqaddas
jonivorlar: buqa, qoramol, ot va itga e'tiqod mavjud edi.
O‘sha vaqtda Axuramazda Oliy xudo deb e'lon qilinadi. Doro I
davridagi qabr toshlarida “Axuramazda Doroni, osmonni, yerni,
Do'stlaringiz bilan baham: |