chunki Qambiz “shafqatsiz va takabbur”, Kayxisrav esa “shafqatli
va fuqaro foydasini ko‘zlaydigan odam edi” deydi.
Qambiz Misr dinini tahqirlamagan, aksincha, Ujagoresent
guvohligicha
1
, Misr kohinlarining eroniylarga tarafdor doiralariga
tayanib ish ko‘rgan. Masalan, uning hikoya qilishicha, Qambiz
Saisdagi ma'buda Neyt ibodatxonasini tiklagan, qadimgi Misr ismini
va Misr fir'avni unvonini qabul qilgan va hatto ma'buda Neyt
Sharafiga uyushtirilgan diniy marosimlarda qatnashib turgan.
Binobarin, yunon tarixchilari yozganidek, Qambiz misrliklar diniga
tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lmagan. Ruhoniyning faxr bilan
aytishicha, Qambiz uning iltimosiga ko‘ra “Neyt ibodatxonasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |