196
o‘lim yoki nikoh to‘yi munosabati bilan bog‘liq diniy marosimlarni
qadimgi veda urf-odatlari bo‘yicha o‘tkazishadi. Brahmanlarning har
kuni uch mahal qiladigan toat-ibodati ikki yoki uch ming yil ilgarigi
vedalardan kelib chiqqan. Vedalar davridan so‘ng rivojlangan sanskrit
adabiyotining asosi va kelib chiqishi vedalar bilan bog‘liq. Hind
falsafiy tizimlari asosida Vedalar ta'limoti yotadi. Hindlarning
an'anaviy huquqiy munosabatlari, xo‘jalik va diniy urf-odat va
marosimlari hamon Vedalarga asoslangan.
Veda adabiyotining tarkibiga Samxit, ya'ni madhiyalar, toat-
ibodat, qurbonlik duolari va h.k. kiradi. To‘rtta vedalar to‘plami
mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: