Miloddan avvalgi III ming yillikning o‘rtalarida (miloddan
avvalgi 2540 – 2370 yillarda) Lagash shahri boshida bir necha
qo‘shni viloyatlarni hokimiyati ostida birlashtirgan zo‘r hokimlar
turgan. Lagashning qo‘shni shaharlar bilan olib borgan kurashi
viloyatlarni bir markaz atrofida imkon qadar jipslashtirishni ko‘zda
tutgan. Lagashning iqtisodiy va siyosiy qudratiga Ur – nanshe
hokimligi davrida asos solindi
1
. Binobarin, Ur – nansheni dastlabki
tarixiy Lagash sulolasining asoschisi, deb hisoblash mumkin.
1
Всемирная история. Энсиклопедия. Том 1. Под ред. Ю.Н.Франсева. М.,
2000 г
Do'stlaringiz bilan baham: |