ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra, Qur’on Alloh taoloning so’zi va uning
azaliy ilmidir.
Muqaddas Yozuv ko’p nomlaridan biri bo’lgan «Qur’on» so’zi – arabcha «qara’a»
(o’qimoq) fe’lidan olingan. Boshqa fikrga binoan, u suryoniy tilidagi «kerain» –
«muqaddas yozuv» ma’nosini bildiruvchi so’zdan olingan. Musulmon an’analariga
ko’ra, Ollohning irodasi va o’gitlari Muhammad payg’ambarga farishta Jabroil orqali
vahiy (arabchada — uqtirilgan degan ma’noni anglatadi) qilingan. Vahiy kelgan kun
islomda Laylat-ul qadr kechasi (arabchada - taqdirnn hal qiladigan kecha degan
ma’noni anglatadi) deb yuritiladi. O’z navbatida, payg’ambar bu o’gitlarni kishilarga
yetkazgan. Bu narsa musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onda bayon etilgan.
Ullamolar Qur’onni quyidagicha ta’riflaydilar: “Qur’on – Alloh taoloning
Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur (kalomni yolg’onga
chiqarib bo’lmaydigan darajada ko’p sonli kishilar tomonidan naql qilinishi) ila naql
qilingan, ibodatda o’qiladigan, (barchani) lol qoldiruvchi kalomidir”.
34
Islomshunoslik va qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini
quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:
1. Birinchi Makka davri (610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod
namunalari bo’lgan saj’ janridagi suralar o’qilgan. Yevropa olimlari ularga
«Nazmiy suralar» deb nom berganlar.
2. Ikkinchi Makka davri (616-619 yillar). Bu suralar Muhammad payg’ambar va
ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchiligi Habashistonga
ko’chib ketgan vaqtda o’qilgan. Bu suralarda Allohning «Rahmon» sifatida ko’p
tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3. Uchinchi Makka davri (619 yil boshlaridan – 622 yil sentabrigacha). Bu davrda
ham Muhammad payg’ambar va uning izdoshlari ta’qib ostida yashaganlar,
maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr
suralarida payg’ambarlar haqidagi asotir-hikoyatlarga keng o’rin berilganligi
sababli, yevropalik olimlar bularga «Payg’ambarlik suralari» deb nom berganlar.
Тarixiy voqealarni aniqroq aks ettirishini e’tiborga olgan holda Madinada tushirilgan
24 ta suraning nozil bo’lish davrini quyidagi besh bosqichga ajratish mumkin:
34
Ислом маърифати. Назарий-услубий қўлланма. Т., 2005й. 7-8 бетлар.
73
A. I davr (622 yil oktabridan 624 yilgacha). Muhammad payg’ambar Madinaga
ko’chib o’tganlaridan so’ng to makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv – Badr
jangigacha o’qilgan 4 sura bu davrga kiradi.
B. II davr (624 yil martidan 625 yil martigacha). Bu davr Badr jangidan to Uhud
jangigacha o’tgan bir yil mobaynida o’qilgan 3 surani o’z ichiga oladi.
V. III davr (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhuddagi mag’lubiyatdan to
Хandaq jangigacha o’tgan ikki yil ichida beshta sura nozil bo’lgan.
G. IV davr (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Bu davrga Хandaq jangidan to
Makka fathigacha o’tgan salkam uch yil ichida o’qilgan 8 sura kiradi.
D. V davr (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fathidan Muhammad
payg’ambarning vafotigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida yana to’rtta
sura nozil bo’lgan.
Muhammad davrida diniy ta’limot tartib bilan yozib borilmagan. Uning hayotligida
muqaddas bitikka ehtiyoj bo’lmagan, chunki din va davlat ishlari bilan bog’liq
masalalarni payg’ambarning o’zi bevosita hal etgan. U vafot etganidan keyin diniy
ta’limot bayon etilgan muqaddas yozuvlarga ehtiyoj tug’ilgan. Muvaddas bitikning i
yagona matnini tayyorlash maqsadida xalifa Abu Bakr 632 yilda Qur’on sahifalarini
to’plab, dastxat qilishni sahoba (arabchada – hamroh, do’st degan ma’nolarni
anglatali) Muhammad Zayd ibn Sobitga topshirgan. Uning tahririda tayyorlangan
qo’lyozma matni suhuf (arabchada sahifalar degan ma’noni anglatadi) deb
nomlangan. Lekin suhuf matni bilan Qur’on suralarini (arabchada izra — devorni
terishda ishlatiladigan
RISHT
yoki toshning bir qatori degan ma’nolarni anglatadi)
mustaqil to’plovchilarning matnlari o’rtasida tafovutlar mavjud bo’lgan. Bu esa
dinda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Halifa Usmon muqaddas
bitiklar bilan bog’liq tafovutlarni bartaraf etish maqsadida o’zining rahbarligida
ijodiy guruh tuzgan. Ijodiy gypyh 651 yilda Qur’oniing yangi nusxasini tayerlagan.
Undan farq qiladigan barcha matnlar yuk qilingan. Тayorlangan nusxa xalifa Usmon
mushafi (arabchada - o’rama qog’oz, pergament degan ma’nolarnn anglatadi) deb
atalgan.
2. Malumki, Qur’oni karim jami 114 suradan iborat. Har bir sura, o’z navbatida,
Do'stlaringiz bilan baham: |